DEASh hujmida tan jarohati olgan ıroqlik turkmanlar, Anqaraga olib kelindi

DEASh terror tashkiloti hujmi oqibatida tan jarohati olgan 68 nafar iroqlik turkman, kecha kechqurun uchoq bilan Erbildan Anqaraga olib kelindi.

473721
DEASh hujmida tan jarohati olgan ıroqlik turkmanlar, Anqaraga olib kelindi

Iroqning Kerkuk viloyatiga qarashli Tazehurmatu mintaqasida, DEASh terror tashkiloti hujmi oqibatida tan jarohati olgan 68 nafar iroqlik turkman, Turkiyaga olib kelinib, Anqarada joylashgan Polatli Davlat kasalxonasiga yotkizildi.

Kecha kechqurun uchoq bilan Erbildan Anqaraga olib kelingan turkman yaradorlarning 21 nafari yosh bola va ayollardan iboratdir.

Kimyoviy qurollarning ta'sirida nafas olish yo'llari ziyon ko'rgan va teri kasalligiga duchor bo'lgan turkmanlarni davolash faoliyatlari Numune kasalxonasining plastik jarrohlik va dermatologiya bo'limi hamkorligida olib borilmoqda.

Bundan avval ham Tazehurmatudan kelgan 15 nafar turkman yarador, Polatlida davolanib o'z yurtlariga yuborilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkman , #Kerkuk , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar