“Mossack Fonseca” da tintuv o’tkazilmoqda

Panamadagi “Mossack Fonseca” yuridik shirkati yaqinda “offshor mojarosi” tufayli butun dunyo bo’ylab katta shov-shuvlarga sabab bo’lgandi.

470348
“Mossack Fonseca” da tintuv o’tkazilmoqda

“Mossack Fonseca" nomidagi yuridik shirkatning poytaxt Panamadagi Bosh qarorgohida, Panama politisyasi bilan uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi bo'lim xodimlari tintuv o'tkazmoqda.

Panama Bosh prokuraturasidan rasman bildirilishicha, bu tintuvning maqsadi, shirkatning noqonuniy faoliyatlar yuritganligi haqidagi iddiolarga aloqador hujjatlarini qo'lga kiritishdir.

“Mossack Fonseca" nomidagi yuridik shirkatga oid 11.5 million sahifalik hujjat, 3-aprel kuni “Panama hujjatlari" deb nomlangan loyiha orqali matbuotga sizib, butun dunyo bo'ylab katta shov-shuvlarga sabab bo'lgandi.

Nomi tilga olingan hujjatlarga ko'ra Panamaning “Mossack Fonseca" yuridik shirkati ko'plab hollarda o'z mijozlariga pullarni yuvish, sanktsiyalar va soliqlarni chetlab o'tishda ko'mak berganligi iddio qilinmoqda.

Sizdirilgan hujjatlarda 100 dan ortiq siyosatchi, shu jumladan Davlat rahbarlari bilan birga bir necha global shirkat va taniqli simolarning nomi ham ro'yhatga olingan.

Ro'yhatda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning eng yaqin do'stlari, Suriya lideri Bashar al-Asadning amakivachchalari, Xitoy Davlat rahbari Shi Jinpingning qaynog'asi va futboldan 6 yil man etilgan UEFA Rahbari Michel Platinining nomi bor.

Islandiya Bosh vaziri David Gunnlaugssonning istefoga ketishiga sabab bo'lgan hujjatlar ro'yhatiga nomi kiritilgan Angliya Bosh vaziri David Cameronning ham istefoga ketishi talab qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Panama , #Mossack Fonseca , #yuridik shirkat

Aloqador xabarlar