Ilhom Aliyev sulh bitimini baholadi

Ilhom Aliyev bundan keyin to'qnashuvlardan Armanistonning mas'ul bo'lishini bildirdi.

465591
Ilhom Aliyev  sulh bitimini baholadi

Ozarbayjon Prezideti Ilhom Aliyev, Armaniston-Ozarbayjon tarmog'ida sulh bitimiga rioya qilinmagan taqdirda bundan Armanistonning mas'ul bo'lishini bildirdi.

Ozarbayjon agetnligining xabariga ko'ra, Aliyev Rossiya Prezideti Vladimir Putin bilan telefon orqlai ko'rishdi.

Aliyev uchrashuvda, uch kun avval Ozarbayjon tarafidan bir tomonli sulh bitimiga rioya qilish chaqirig'iga Armaniston tomonining to'qnashuv bilan javob berganini va faqat kecha tushdan keyin otishmalarni to'xtatganiga diqqat qaratdi.

Ilhom Aliyev, japhada bundan keyin sulh bitimiga rioya qilinmagan taqdirda bundan Armanlarning mas'ul bo'lishini takidladi.

Ozarbayjon-Armaniston o'rtasidagi taranglik bilan aloqali Rossiyaning qayg'ularini tilga olgan Putin esa, sulh bitimini dastaklashning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, NATO Bosh Kotibi Jens Stoltenberg bergan yozma baynotida, to'qnashuvlarni to'xtatish xabarlarining ijobiy aks etganini bildirib; "Tomonlarni, sulh bitimiga rioya qilishga, munosib harakat qilishga va yangi taranglikni oldini olishga chaqiraman" deb ifoda etdi.

NATOning, AGIT Minsk guruhining g'ayratlarini dastaklaganiga diqqat qaratgan Stoltenberg, "Tomonlarning muzokara uchrashuvlariga qaytib kuzatuvchilar himoyasida keng ko'lamli bir shartnoma tuzishi kerak. Bu masalaning harbiy yechimi yo'q" deb mulohaza bildirdi.

Ozarbayjon Mudofaa Vazirligi, Ozarbayjon-Armaniston o'rtasida 2016 yil 5 Aprel kuni (mahalliy) soat bilan 12:00 da tuzilgan kelishuv bilan operatsiyalarning to'xtatilgani bildirilga edi.

Vazirlik shuningdek, 2 Aprel kuni boshlagan to'qnashuvlarda, 70 nafar Arman askarining o'ldirilgani, Arman kuchlariga tegishli 5 tanka va o'q-dori to'la 5 vositaning ham bartaraf qilingani bildirilgan edi.

Bayonotda, to'qnashuvda 16 nafar Ozarbayjon askarining shahid bo'lgani bildirilgan edi.



Aloqador xabarlar