Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning ahvoli achinarli...

Isroil qamoqxonalarida kasal bo'lib yotgan mahbuslarga dori berilmayotir, tezkor tibbiy yordam umuman yo'q, og'ir ahvoldagi kasallar o'z holiga tashlab qo'yilgan.

463701
Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarning ahvoli achinarli...

Isroil qamoqxonalarida falastinlik jami 1700 mahbus jazo muddatini o'tamoqda.

Falastinning asirga tushganlarning ishi bo'yicha mas'ul rahbari Isa Karakiy ma'lum qilishicha, Isroil qamoqxonalarida kasal bo'lib yotgan mahbuslarga dori berilmayotir, tezkor tibbiy yordam umuman yo'q, og'ir ahvoldagi kasallar o'z holiga tashlab qo'yilgan.

Uning aytishicha, og'ir kasalliklarga chalingan mahbuslar gigiyena bo'lmagan muhitlarda saqlanmoqda va natijada kasalliklari yana ham avj olmoqda, bu shaklda betob mahbuslar o'lim panjasiga

tashlab qo'yilgan.

Qolaversa, mahbuslar orasida nogiron, paralich, buyrak, yurak, o'pka, saraton kasalligiga chalingan juda ko'p sonda inson borligini alohida

ta'kidlab o'tdi.

Rahbarning aytishiga qaraganda, hozirgi kunda Isroilning “Er-Ramla" qamoqxonasiga qarashli shifoxonada faqatgina 20 nafar falastinlik mahbus da'volanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #qamoqxona , #mahbus , #betob , #kasal

Aloqador xabarlar