Afg’oniston Xavfsizlik kuchlari bilan Tolibon o'rtasida yana to'qnashuv chiqdi

Voqea, Faryab shahrining Davlat Obod tumanida yuz bergan.

463391
Afg’oniston Xavfsizlik kuchlari bilan Tolibon o'rtasida yana to'qnashuv chiqdi

Afg'onistonning shimolida joylashgan Faryab shahrining Davlat Obod tumanida, Tolibon bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida yana to'qnashuv chiqdi. Oqibatida esa 7 nafar Tolibon tashkiloti a'zosi o'ldirildi.

Faryab Xavfsizlik mudiri Sayid Aka Anderabiy o'lganlardan tashqari 11 nafar Tolibon a'zosining ham tan jarohati olganligini ma'lum qildi. Qoshimcha kuchlarning mintaqaga yetib kelishi ortidan qolganlarining qochib qo'lganligini bildirdi.

Voqea chog'ida ko'plab qurol va o'q-dorilar topilar ekan Tolibon, Sayid Aka Anderabiy tarqatgan ma'lumotni rad etib aksincha, ko'plab xavfsizlik xodimlarining o'ldirilganligini iddio etdi.

Undan tashqari Faryabning Kaysar tumanida, mototsiklga joylashtilgan bombaning portlatilishi oqibatida bir nafar tinch aholi jon berdi.

Tanlangan kalimalar: #to'qnashuv , #Tolibon , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar