John Kerry bugun Moskvada, Suriya vaziyatini muhokama qiladi

Kecha De Mistura, John Kerry bilan Sergey Lavrov uchrashuvining Jenevadagi Suriya muzokarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishidan umidvor ekanligini bildirgan edi.

457406
John Kerry bugun Moskvada, Suriya vaziyatini muhokama qiladi

Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri John Kerry, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun bugun Moskvada.

John Kerry, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va rus kasbdoshi Sergey Lavrov bilan uchrashuv o'tkazadi.

Kerryning ushbu uchrashuvi doirasida Rosiya yetakchilariga Suriyadagi o'tish jarayoni haqidagi AQSh ko'z qarashini yetkazishi va muammoni hal qilish uchun Rossiyaning ham chora ko'rishini talab qilishi kutilmoqda.

Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vazirligi, Suriyadagi to'qnashuvlarning to'xtatilishiga qaratilgan o'q uzishni to'xtatish kelishuvining ba'zi e'tiborsizliklarga qaramay yaxshi davom etayotganligini va Kerryning rus yetakchilar bilan “oxirgi vaziyat" ni baholashini bildirdi.

Shuningdek,

“Agar o'q uzishni to'xtatish kelishuvi, Suriya uchun siyosiy o'tish jarayoniga aylangudek bo'lsa unda bu o'tish davrining qanday bo'lishi haqida oxirgi yo'l xaritasi chizilishi kerak" deya gapirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura ham, Suriyada tinchlik o'rnatish uchun AQSh bilan Rossiyaga ehtiyoj borligini aytgan edi.

De Mistura, AQSh Tashqi ishlar vaziri John Kerry bilan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashuvining Jenevadagi Suriya muzokarasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishidan umidvor ekanligini ham ifodalagan edi.

Shu bilan birga Kerryning Moskva ziyorati doirasida Suriya vaziyatidan tashqari Ukraina muammosi va xalqaro xavfsizlik mavzularini ham qo'lga olishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #De Mistura , #Suriya vaziyati , #John Kerry , #Moskva

Aloqador xabarlar