Suriya uchun tomonlar, Jenevada kelishib oldilar

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning aytishicha, tomonlar, Suriyaning birligi, tuproq butunligi va federalizmning tilga olinmasligi boyicha kelishib oldilar.

453415
Suriya uchun tomonlar, Jenevada kelishib oldilar

De Mistura, suriyalik muxolifat tomonidan tashkil etilgan Muzokara Oliy qo'mitasi hay'ati bilan keng ko'lamli va foydali uchrashuv o'tkazilganligini bayon etdi.

Tomonlar o'rtasida haligacha farqli ko'z qarashlarning mavjudligi davom etishiga qaramay ba'zi mavzularda kelishib olinganiga e'tibor qaratgan De Mistura;

“Suriya hukumati bilan muxolifat Suriyaning birliği, tuproq butunligi va federalizmning tilga olinmasligi tog'risida kelishib olmoqdalar. Undan tashqari mayda millatlar, ko'pchilikni tashkil etgan yirik millatlar va chegaralarning himoya qilinishi kabi mavzular ham bor. E'tibor berishimiz kerak bo'lgan masala esa siyosiy o'tish davrida kelishib olishlik, totuvlilkdir" deya gapirdi.

Staffan de Mistura, Muzokara Oliy qo'mitasi hay'atining ham siyosiy o'tish jarayoni uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotiga mazmunli takliflar taqdim etganligini, bu takliflarni diqqat bilan qarab chiqajagini aytdi.

Muzokara Oliy qo'mitasi voizlaridan Basma Kodmaniy ham, Mistura tomonidan, siyosiy o'tish jarayoni uchun 6 oylik muhlat berganligini belgilab o'tdi.

Qo'mita a'zolaridan George Sabra esa terror tashkiloti PYDning, Suriya shimolida federatsiya e'lon etishining noqonuniy va qabul qilinmay turgan darajada ekanligini ta'kidladi.

De Mistura, bir tomondan poytaxt Shomning Dareyya tumaniga gumanitar yordam yetkazish va mahbuslarning ozod etilishi haqidagi uchrashuvlarini Suriya hukumati bilan davom ettirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #De Mistura , #tomonlar , #Jeneva , #muzokara

Aloqador xabarlar