Suriyada urush boshlanganiga besh yil to'ldi.

Suriyadagi to'qnashuvlar 2011- yili 15 martda Derada hukumatga qarshi namoyishlar shaklida boshlab so'ngra rejim, muxolafati, Al Qoidaning davomi bo'lgan Nusra Jabhasi, Daish terror tashkiloti va YPG partizan guruhi bo'lib, besh asosiy guruh orasida ichki

451806
Suriyada urush boshlanganiga besh yil to'ldi.

Suriyada urush boshlanganiga besh yil to'ldi.

Suriyadagi to'qnashuvlar 2011- yili 15 martda Derada hukumatga qarshi namoyishlar shaklida boshlab so'ngra rejim, muxolafati, Al Qoidaning davomi bo'lgan Nusra Jabhasi, Daish terror tashkiloti va YPG partizan guruhi bo'lib, besh asosiy guruh orasida ichki urushga aylandi.

Birlashgan millatlar, urush boshlagandan beri halok bo'lgan inson sonini kamida 250 ming ekanini taxmin etmoqda.

Faqat, Suriya siyosat tadqiqot markazi tomonidan 10- fevral kuni bir hisobot tarqatib qurbon soni 470 mingni oshdi deb bildir. 5 milliondan ziyod Suriyalik, Turkiya, Livan, Iroq va Misr kabi qo'shni o'lkalarga borib muhojir vaziyatiga tushdilar, 2.7 million muhojir bilan esa Turkiya eng ko'p muhojir qabul qilgan o'lka vaziyatidadir.

Suriyadagi tinch aholi o'limlariga sabab bo'lganlar:

Rejim kuchlari: 95.06 foiz bilan 183.014 nafar

Qurolli muxolif guruhlar: 1.48 foiz bilan 2846 nafar

Noaniq guruhlar: 1.1 foiz 2017 nafar

DAISH: 1.03 foiz bilan 1989 nafar

AQSh rahbariyatidagi koalitsiya kuchlari : 0.78 foiz bilan 1989 nafar

Rus kuchlari: 0.21 foiz bilan 1507 nafar

YPG: 0.18 foiz bilan 403 nafar

Nusra Jabhasi: 0.16 foiz bilan 354 nafar

Urush 2011 yilida boshlagan kundan beri taxminan 813 ming qochqin Yevropa ittifoqi o'lkalaridan boshpana haqi so'radi. Minglab muhojir hanuz ham Yevropa ittifoqi o'lkalariga borish uchun urinmoqdalar. Bu esa global bir inqirozga aylangan vaziyatda. Bu yuzdan Suriya inqiroziga bir yechim topishni majburiy holga keltirgan.

Suriya siyosat tadqiqotlar markazining 2011 yili taxmini hisobotiga ko'ra Suriyada hozirgacha halok bo'lgan 470 ming nafardan 400 ming nafari hujumlar natijasida, 70 ming nafari esa tamal ehtiyojlarini qondira olmagani uchun halok bo'lgan. 1.9 million inson turli daraja yaralangan.

2015 yilida Suriya aholisining 45 foizi muhojir vaziyatida edi. Holi hozir esa 1.7 million Suriyalik lager va to'planish markazlarida istiqomat qilmoqda.

Maktab chog'idagi bolalarning 45.2 foizi maktabdan mahrum. Suriyada har to'rt maktabdan biri vayrona holiga aylangan. Yoki boshqa maqsadlar uchun foydalanilmoqda.

Suriyada o'rtacha umr 2010da 70 yil ekan, 2015 yilida 55.4 saviyalarida pasaydi.

Suriyada 13.8 million kishi ishsiz qoldi va har uch xonadondan biri qarzdor vaziyatda.

Kambag'allik 85 foiz nisbatida ortdi. Suriya aholisining 69.3 foiz qashshoqlik bilan duch keldi.

Urushning mamlakatga ziyoni esa 255 million dollar atrofida.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Urush , #Besh , #Yil , #boshlanganiga , #to'ldi

Aloqador xabarlar