Suriya uchun diplomatik muzokaralar Jenevada davom etmoqda

Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, muxolifat guruh bilan uchrashdi.

452013
Suriya uchun diplomatik muzokaralar Jenevada davom etmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, muxolifat guruh bilan o'tkazgan ilk yig'ilishi haqidagi ko'z qarashlarini bayon etdi.

De Mistura, Rossiyaning Suriyadan chiqib ketayotganligi haqidagi qarorining tasodif emasligini, buning tinchlik muzokaralariga ijobiy ta'sir ko'rsatajagini aytdi.

De Mistura, shuningdek, Suriyadagi tazyiklarning kamayganligini lekin mahbuslar masalasida hech qanday ijobiy qadamning hali tashlanmaganligi ham ta'kidladi.

De Mistura muxolifat guruh takliflarini ko'rib chiqajagini, ortidan uni Suriya hukumati guruhi taklifi bilan solishtirajagini va eng oxiri esa mushtarak Birlashgan Millatlar Tashkiloti fikrini yaratishga harakat qilajagini ham ifodaladi.

Yig'ilishda muxolifat guruh ham ijobiy ko'z qarashlarini bayon etdi.

De Mistura bilan uchrashgan Muzokara Oliy qo'mitasi hay'ati, yig'ilishning konstruktiv ravishda o'tganligini ta'kidladi.

Muxolifat hay'ati ayniqsa gumanitar yordam, mahbuslarning ozod etilishi va siyosiy o'tish davri bo'yicha tezroq natija olinishi kerakligiga to'xtalgan.

O'q uzishni to'xtatish kelishuviga hurmat bilan qaraganligini bildirgan muxolifat guruh, Suriyada bir kunda 50 nafar mahbusning osib o'ldirilganligiga ham e'tibor qaratdi.

Bu boradagi muammoni hal qilish uchun tayyorlagan hujjatlarni ham De Misturaga topshirgan hay'at, bu jarayonda, shaxdam qadamlarning tashlanishi uchun qo'lidan kelganicha hormay-tolmay mexnat qilajaklarini ham aytib o'tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Mistura, keyingi yig'ilishini, rejim hay'ati bilan o'tkazadi.


Tanlangan kalimalar: #Staffan de Mistura , #Jeneva , #Suriya

Aloqador xabarlar