Nyu-York metrosiga, Islomofobiga qarshi afishalar osildi

Ushbu afishalarda, “Kasalxona tushunchasini musulmonlar o'ylab topgan, Justin Timberlakeni musulmonlar kashf etti", “Musulmonlar! Qahvani, tish cho'tkasini, algebrani musulmonlar o'ylab topganlar" degan ifodalarga o'rin berilgan.

448250
Nyu-York metrosiga, Islomofobiga qarshi afishalar osildi

Musulmon diniga mansub qiziqchi va kinorejissyor Negin Farsad bilan Dean Obeydallah tomonidan islomofobiga qarshi yumoristik yoki kulguli til bilan tayyorlangan afishalar, Nyu-York metrolariga osib qo'yildi.

“Beware: The Muslims Are Coming – “Diqqat: Musulmonlar kelyapti" deb nomlangan yuridik tarzdagi hujjatli filmning prodyuseri Farsad bilan Obeydallahning, musulmonlarga qaratilgan noto'g'ri tushunchani bartaraf etishni ko'zlagan afishalarini Nyu-York metrolariga osib qo'yish uchun va nihoyat ruxsat berildi.

Islomofobiga qarshi kurash olib borayotgan va musulmon diniga mansub qiziqchilarning musulmonlar haqidagi informativ afishalari, 20 ming dollarlik bir loyiha doirasida Nyu-York metrosining 144 stansiyasiga osib qo'yildi.

Kulguli til bilan tayyorlangan afishalarda, “Bu terroristlarning hammasi jinni", “Musulmonlar haqidagi haqiqatlar. Kasalxona tushunchasini musulmonlar o'ylab topgan, Justin Timberlakeni musulmonlar kashf etti", “Musulmonlar! Qahvani, tish cho'tkasini, algebrani musulmonlar o'ylab topganlar" degan ifodalarga o'rin berildi.

Nyu-York Jamoat transporti idorasi 2014-yilgacha islomofobiga qarshi afishalarning osilishiga ruxsat berar edi. O'tgan yili esa qabul qilingan “Siyosiy reklamalarning man etilishi" qaroriga muvofiq islomofobiga qarshi afishalarning metro stansiyasiga osilishi man etilgan edi.



Aloqador xabarlar