“Uinston” to’foni, Fiji orolini jang maydoniga aylantirdi

Aholi soni 900 mingdan ortgan Fiji, muhim turistik hududlardan biri edi.

437068
“Uinston” to’foni, Fiji orolini jang maydoniga aylantirdi

Fijida, orolni larzaga solgan eng yirik to'fon fojiasi ro'y berdi. Oqibati esa 20 kishining umriga zomin bo'ldi.

Ko'chalarda ruxsatsiz yurish man etilgan Fiji orolida, 30 kungacha favqulodda vaziyat e'lon qilindi.

Shamol tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil etgan orolda og'ir yog'ingarchilik va 12 metrgacha ko'tarilgan tolqinlar tufayli yuzlab uy-joylar ziyon ko'rdi. Qirg'oq mintaqalar esa suv ostida qoldi. Undan tashqari daraxtlar quladi, elektr chiroqlari ochib, suvlar to'xtab qoldi. Yollar yopilib, maktablar “dam olish" deya e'lon qilindi.

Uy-joylari vayron bolganlar uchun 750 dan ortiq chodir qurildi.

Bosh vazir Franks Bainimarama;“Orolni larzaga solgan, og'ir fojiaga duch keldik" deya xalqni ogohlantirdi.

Politsiya xodimlari bilan askarlar tomonidan qutqaruv faoliyatlari davom etmoqda.

Yangi Zelandiya bilan Avstraliya, Fijiga yordam berishga va'da berdi.

Gumanitar tashkilotlar, Fijining, elektrik chiroqlari ochib qolganligi bois kasallikga uchrashidan tashvishda ekanligini aytib, ogohlantirdi.

Aholi soni 900 mingdan ortgan Fiji, muhim turistik hududlardan biri edi.

Har yili qariyb 340 ming sayyoh, Avstraliyadan Fijiga qarab yo'l olar edi.


Tanlangan kalimalar: #Fiji , #orol , #okean , #to'fon

Aloqador xabarlar