Shanxay hamkorlik tashkiloti a`zolarining 2016 yilgi hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

O'tgan xaftada Pekin shahrida Toshkent tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

431134

Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv davomida Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekiston delegatsiyalari O`zbekiston Respublikasining tashkilotga raisligi doirasida rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti nizomiy organlari tadbirlariga tayyorgarlikning borishini ko`rib chiqildi.

Majlisda, iyun oyida Toshkentda bo`lib o`tadigan Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlislari, Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi va boshqa tadbirlar davomida imzolashga kiritiladigan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Ufa shahridagi sammit qarorlarini amalga oshirish bilan bog`liq masalalar, shu jumladan Shanxay hamkorlik tashkilotining kengayishi masalalari muhokama qilindi.

Majlisda, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasidagi 2016 yilga mo`ljallangan Hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

Tanlangan kalimalar: #Shanxay , #hamkorlik , #dasturi , #tasdiqlandi

Aloqador xabarlar