Meksikadagi "Topo Chico" qamoqxonasida isyon chiqdi

Qamoqxonadagi isyon ba’zi mahbuslarning o’limiga, ba’zilarining esa qochib qolishiga yo’l ochdi.

431280
Meksikadagi "Topo Chico" qamoqxonasida isyon chiqdi

Meksikaning Monterrey shahriga yaqin joyda joylashgan bir qamoqxonada isyon kelib chiqdi. Oqibatida 52 nafar mahbus jon berdi, 12 kishi esa tan jarohati oldi.

Isyon “Topo Chico" nomidagi qamoqxonada, Zetas narkotik moddasi iste'mol qilguvchilar aralashgan mushtlashish ortidan kelib chiqdi.

Isyon chog'ida mahbuslarning binoga o't qo'yib yuborganligi va ba'zi mahbuslarning qamoqxonadan qochib qolganligi iddio qilindi.

Guvohlar esa yong'indan oldin bir portlash ovozi eshitilganligini aytdilar.

O'z yaqinlarining hol-ahvolidan tashvishlangan oilalar qamoqxonaga borib, ichkariga kirishga harakat qildilar.

Monterreydagi yana bir qamoqxonada, 2012-yili chiqqan isyonda, 44 nafar mahbus jon bergan edi.



Aloqador xabarlar