Shanxay majlisi Xitoyning Chjenchjou shahrida bo`lib o`tdi.
Shanxay majlisi Xitoyning Chjenchjou shahrida bo`lib o`tdi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi Xitoyning Chjenchjou shahrida bo`lib o`tmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya bugun Chjenchjou shahrida bo`lib o`tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Ҳukumat rahbarlari kengashining 14-majlisida ishtirok etmoqda.
Bu haqda O`zbekiston Tahsqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O`zbekiston hukumatlari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning Ko`p tomonlama savdo - iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish jarayonini hamda tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Tadbirda Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi davlatlar - Afg`oniston, Belarus, Eron, Ҳindiston, Mo`g`uliston va Pokiston vakillari, shuningdek, qator xalqaro va mintaqaviy tashkilot va forumlar rahbarlari xam ishtirok etadi.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.