Suriyalik turkmanlar Rossiya zulmidan qochmoqda

Rossiya ohirgi 2 yil ichida DAISh terror tashkilotini bahona qilib turkmanlar yashagan hududlarni havodan portlatmoqda.

399217
Suriyalik turkmanlar Rossiya zulmidan qochmoqda

Beshar Asad va Rossiya kuchlari Lazkiya qirlarida turkmanlar istiqomat qilgan Bayirbujak hududiga hujum qilishi natijasida minglab aholi boshqa joylarga ko’chishga majbur bo’ldi.
Rossiya ohirgi 2 yil ichida DAISh terror tashkilotini bahona qilib turkmanlar yashagan hududlarni havodan portlatmoqda.
Bundan qochgan arab va turkmanlar Turkiya chegarasi yaqinlarida xavfsiz hududlarga ko’chmoqda.
O’lim qo’rquvi bilan uylarini tashlab qochgan tinch aholi Turkiya chegarasiga kelmoqda.
Kunlardir och-nahor loy ko’chalardan yurib kelgan turkmanlar Turkiya chegarasida Turk Qizil yarim oy jamiyati qurgan chodirlarda jon saqlamoqda.
4 yildan beri sargardon bo’lgan turkmanlar Rossiyaning bola-shaqa, yoshu-qari demasdan tinch aholini yoppasiga qirib tashlayotganini aytmoqdalar.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar