Parijda ashaddiy terrorist Abdulhamid Abaaoud qidirilmoqda

Fransiya politsiyasi 129 insonning hayotiga zomin bo’lgan juma kungi terror hujumlaridan so’ng, 440 marta operatsiya o’tkazdi, 60dan ziyod shubhali shahsni qo’lga oldi.

367249
Parijda ashaddiy terrorist Abdulhamid Abaaoud qidirilmoqda

Parijdagi qonli voqealardan so’ng, Fransiya politsiyasi Saint Denis dahasida keng ko’lamli operatsiya uyushtirdi.
7 soat davom etgan operatsiyalarda kamida 2 kishi hayotdan ko’z yumdi va 8 kishi qo’lga olindi.
Parij prokuraturasi ma’lum qilishicha, ushbu operatsiyalar juma kungi terror hujumini rejalashtirgan terrorist Abdulhamid Abaaoudning Saint Denisda saqlanayotganidan shubhalanib amalga oshirilgan.
Prokuratura 110 nafar politsiya xodimi ishtirokida olib borilgan operatsiyada necha kishining halok bo’lgani haqida ma’lumot berilmasligini bildirdi.
Bosqin uyushtirilgan 3-qavatdagi uyda 2 ta jasad topilgan.
Bu jasadlardan biri Abaaoudning jiyani ekani tahmin qilingan bir ayol terroristga tegishli. Bu ayol o’zini bomba bilan portlatib yuborgan.
Prokuratura qurbonlarning shahsini aniqlash jarayoni davom etganini bildirar ekan, ayni paytda jasadlar ichida Abaaoud va Abduselamning jasadi ham bo’lishi mumkinligini bildirdi.
Prokuratura bergan ma’lumotga ko’ra, operatsiyada avvalo terroristlar politsiya xodimlariga to’g’ridan o’q uzgan va ortidan kuchli portlash ro’y bergan.
Terroristlar Parijda katta ish markazlari joylashgan La Defense dahasida hujum sodir qilishni rejalashtirayotgani aniqlangan.
Fransiya politsiyasi 129 insonning hayotiga zomin bo’lgan juma kungi terror hujumlaridan so’ng, 440 marta operatsiya o’tkazdi, 60 dan ziyod shubhali shahsni qo’lga oldi.
Qonli terror hujumi sodir qilingan Bataclan konsert zali yaqinlaridagi axlat qutida bir uyali telefon topildi.
Tekshiruvlar natijasida terroristlardan birining hujumdan biroz oldin “Boshladik” deya sms yozgani aniqlandi.
Bu smsning kimga jo’natilgani tekshirilmoqda.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar