Ertaga, Suriya kelajagi muhokama qilinadi

Unga Rossiya tomonidan Eron ham taklif qilindi.

402940
Ertaga, Suriya kelajagi muhokama qilinadi

Suriyada to’rt yildan ortiq vaqtdan beri davom etib kelayotgan ichki urushni to’xtatish maqsadida o’tkazilayotgan xalqaro yig’ilishga, birinchi marotaba Eron ham taklif qilindi.

Amerikalik rasmiylar xabar qilishicha ushbu taklif Rossiya tomonidan yetkazildi lekin Tehron rahbariyatidan haligacha javob kelgani yo’q.

Suriyaning kelajagiga atalgan oxirgi yig’ilish, 23-oktabr kuni Avstriya poytaxti Venada Turkiya Tashqi ishlar vaziri Feridun Sinirlio’g’lining ham ishtiroki ostida, Amerika, Rossiya va Saudiya Arabiston Tashqi ishlar vazirlari o’rtasida o’tkazilgan edi.

Keyingi uchrashuv ertaga yani payshanba kun, takror Venada o’tkaziladi.

Ushbu yig’ilishda nomi tilga olingan to’rt davlatdan tashqari Germaniya, Angliya, Fransiya, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklarining ham ishtirok etihi kutilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar