Suriya masalasi Rossiya va Saudiya Arabiston nazarida...

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida Saudiya Arabistonning 2-Valiahdi shahzoda va Mudofaa vaziri Muhammed Bin Selman Bin Abdulaziz Al Suudni qabul qildi.

391346
Suriya masalasi Rossiya va Saudiya Arabiston nazarida...

Rossiya hukumati Saudiya Arabiston mudofaa va tashqi ishlar vazirlari bilan Suriya masalasini muhokama qildi.
Prezident Vladimir Putin Sochi shahrida Saudiya Arabistonning 2-Valiahdi shahzoda va Mudofaa vaziri Muhammed Bin Selman Bin Abdulaziz Al Suud bilan uchrashdi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur uchrashuvga doir ma’lumot berdi.
Lavrov,-“Rossiya bilan Saudiya Arabiston Suriyada DAISh terror tashkiloti tomonidan bir terror davlati tuzilishini oldini olish uchun hamkorlik qilmoqchi”-dedi.
Lavrov Saudiya Arabiston Tashqi ishlar vaziri Adil Al Jubeyr bilan uchrashdi.
Al Jubeyr Suriyaning tuproq butunligini saqlab qolish uchun Rossiya bilan mushtarak chora ko’rishga harakat qilganini bildirdi.
Suriya Prezidenti Beshar Asadning lavozimdan chetlatilishidan umidvorligini tilga olgan Saudiya Arabiston Tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Suriyadagi havo operatsiyalaridan havotirda ekanini tilga oldi.
Va “Rus hamkorlarimiz operatsiyalarning asosiy maqsadi DAISh terror tashkilotini bartaraf etishga qaratilganini anglatdi”-dedi.
Saudiya Arabistonning havotiri o’rinli ekanini bildirgan Lavrov, Suriyadagi havo operatsiyalarida Saudiya Arabiston bilan hamkorlikni yanada oshirish istagini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar