Musulmon qardoshlar tashkiloti a’zolari nazorat ostiga olindi

Ular 2013-yilning 25-dekabri kuni “terrorist tashkiloti” deb e’lon etilgan edi.

302887
Musulmon qardoshlar tashkiloti a’zolari nazorat ostiga olindi

Misrning turli shaharlarida uyushtirilgan amaliyotlar natijasida “davlat va xususiy korxonalarga hujum qilish” jinoyati bilan Musulmon qardoshlar tashkiloti a’zosidan 44 kishi nazorat ostiga olindi.

Xavfsizlik manbalari ham al-Garbiyye va al-Minye shaharlarida uyushtirilgan amaliyotlar natijasida “zo’rovonlikga turtki bo’lish, davlat xavfsizligini buzish, ruxsatsiz norozichilik namoyishi uyushtirish va xalqni qo’rqitish” aybi bilan ko’plab Musulmon qardoshlar tashkiloti a’zosining nazorat ostiga olinganligini ma’lum qildi.

Misrda o’z vazifasini saylov orqali boshlagan Prezident Muhammad Mursiy 2013-yilning 3-iyuli kuni harbiy to’ntarish orqali o’z vazifasidan chetlatilgan edi.

O’sha kundan beri Misr rahbariyati Musulmon qardoshlar tashkiloti a’zolarini “zo’rovonlikda va terrorni qo’llab-quvvatlashda” ayblab kelmoqda.

Tashkilot, 2013-yilning 25-dekabri kuni “terrorist tashkiloti” deb e’lon etilgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar