Issiq ob-havo sharoiti inson umriga zomin bo’lmoqda
Pokiston termometrlari 1979-yildan beri birinchi marotaba +47 darajani ko’rsatmoqda.
314259
Pokistonda musson yomg’iridan oldin havolar judayam isib ketdi. Issiq ob-havo oqibati inson umriga zomin bo’lmoqda. Oxirgi ikki kun mobaynida 148 kishi halok bo’ldi.
Pokiston termometrlari 1979-yildan beri birinchi marotaba +47 darajani ko’rsatmoqda.
Pokistonning Sind shtati poytaxti Karachida jazirama issiq hukm surar ekan elektr simlari uzilib oqibatida konditsioner va shamollatish tizimlari ishlamayapdi.
Tarmoqdagi muammolar tufayli uylarga suv ham berilmayapdi.
Yuzlab kishilar shtatdagi kasalxonalarga chopar ekan kasalxonalarning to’laligi tufayli shifokorlarning dam olish kunlari bekor qilindi.
Pokistonning qoshnisi Hindistonda, o’tgan oylar mobaynida, haddan tashqari issiq havo sharoiti yuzasidan 1 700 kishi halok bo’lgan edi.