G'azoda 2 ming kishiga nikoh...

Falastinda ommaviy nikoh marosimi bilan 2 ming kishi uylandi.

299884
G'azoda 2 ming kishiga nikoh...

G'azoda 2 ming juft nikohdan o'tdi.

G'azoda Turkiya Diniy İshlar Boshqarmasi va Turk Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi rahbarligida mushtarak uyushtirilgan ommaviy nikoh marosimi bilan 2 ming Falastinli uylandi.

TIKA Falastin Koordinatori Bulent Korkmaz, nikoh marosimida qilgan ma'ruzasida, "Turkiya, hukumat va xalqi sifatida bu kunlarda sizlar bilan birga bo'lishdan bag'oyat xursand. Turkiya doim Falastinliklarga yordam beradi" dedi.

Marosimda ma'ruza qilgan Hamas siyosiy buro Rahbari Ismail Haniyye ham Turkiyaning Falastin xalqini har sohada dastaklaganini aytib, Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anga, Turk hukumatiga va xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, TRTda kanalidagi jonli efirda, nikohdan o'tganlarga baxtu-saodat tilab, Turkiyaning G'azoga yordam berishga davom etishini izohladi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar