Yaxshiroq hayot sharoiti umidi yana fojiaga aylandi
İtaliyaning Sitsiliya oroliga yetib borgan muhojirlar dami chiqib ketgan qayiqdagi 40 kishining cho’kib olganligi haqidagi xabarni yetkazdi.
Yevropaga borish maqsadida yo’lga chiqgan va ko’pchiligi senegallik ekanligi aniqlangan 102 nafar noqonuniy muhojir, qayiqlari botib ketar ekan Liviya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarildi.
Yana da yaxshiroq hayot sharoiti uchun İtaliyaga borishga harakat qilayotgan muhojirlarning bir necha kundan beri och va suvsiz ekanliklari ma’lum bo’ldi.
Orasida ayollar va bolalar ham o’rin olgan muhojirlar Tripoli Dengiz bazasiga olib borildi.
Bu bilan birga kecha İtaliyaning Sitsiliya oroliga yetib borgan muhojirlar dami chiqib ketgan qayiqdagi 40 kishining cho’kib olganligi haqidagi xabarni yetkazdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Muhojirlar Oliy kengashi Yevropa Direktori Vincet Cochetel Yevropa davlatlarining noqonuniy muhojirlarni huquqiy status bilan ta’minlashi kerakligini aytdi.
Aloqador xabarlar
Rossiya: Bashar Asad va uning oilasi Moskvada
Suriya rahbari Bashar Asad va uning oilasi Rossiyaga qochib ketdi.