Saudiya Arabistonda DAIShga aloqador shahslar qo'lga olindi

Saudiya Arabiston Ichki ishlar vazirligi dekabr oyidan beri davom ettirgan amaliyotlarda qo’lga olingan 93 kishidan 65 nafari Saudiya fuqarosi ekanini ma’lum qildi.

253919
Saudiya Arabistonda DAIShga aloqador shahslar qo'lga olindi

Saudiya Arabistonda xavfsizlik xodimlari terror tashkiloti DAISh bilan aloqasi bo’lgan shahslarga kun bermayotir.
Mamlakatda terror tashkiloti bilan yaqindan aloqador bo’lgan 93 kishi qo’lga olindi.
Saudiya Arabiston Ichki ishlar vazirligi dekabr oyidan beri davom ettirgan amaliyotlarda qo’lga olingan 93 kishidan 65 nafari Saudiya fuqarosi ekanini ma’lum qildi.
Mamlakatda terroristlar tomonidan rejalangan hujumlarning oldi olingani aytilmoqda.
Mart oyida Riyaddagi Amerika elchixonasiga bomba ortilgan mashina vositasida hujum sodir qilinishi rejalangani aniqlandi.
Bu hujumning oldi olingani ma’lum qilindi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar