Iroqning poytaxti Bog’dodda bomba portladi

DAISh terror tashkiloti Iroqning Musul va boshqa ba’zi hududlarini ishg’ol qilgandan beri to’qnashuvlar yanada avj oldi.

250786
Iroqning poytaxti Bog’dodda bomba portladi

Iroqning poytaxti Bog’dodda joylashgan Amel hududida bomba ortilgan mashina portlatilgan.
Portlash oqibatida 4 kishi hayotdan ko’z yumgan, 13 kishi tan jarohati olgan.
Poytaxtning Mahmudiye tumanida esa, yo’l chetida bomba ortilgan mashina portlatilgan.
Portlash oqibatida 2 kishi hayotdan ko’z yumgan, 12 kishi tan jarohati olgan.
DAISh terror tashkiloti Iroqning Musul va boshqa ba’zi hududlarini ishg’ol qilgandan beri to’qnashuvlar yanada avj oldi.
Poytaxt Bog’dodda ham tez-tez bombali hujumlar sodir bo’lmoqda.
Iroq Turkman jabhasi boshqaruv kengashi a’zosi va Musul shahar majlisi rais o’rinbosari Nurettin Kaplan, shaharni DAISh qo’lidan qutqarish faoliyatlari ramazon oyidan keyinga qoldirilganini ma’lum qilgan.
Musulda tahminan 2 million aholi istiqomat qilganini bildirgan Kaplan, “Shu sababli harbiy reja tuzish juda qiyin. Musulni qutqarishga doir rejalangan harbiy amaliyotlar o’zgartirildi. Mazkur harbiy amaliyotlardagi asosiy reja tinch aholini qanday qilib qutqarishni o’z ichiga oladi. Shu sababli Musulda rejalangan harbiy amaliyotlar ramazon oyidan keyinga qoldirildi”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar