Iroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiy Amerikada...

Amerika Prezidenti Barack Obama Iroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiyni Oq Uyda qabul qildi.

236271
Iroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiy Amerikada...

Iroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiy Amerika Qo’shma Shtatlariga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.
Amerika Prezidenti Barack Obama Iroq Bosh vaziri Haydar Al Abadiyni Oq Uyda qabul qildi.
DAIShga qarshi kurashda Iroqni qo’llab quvvatlagan Amerika Abadiyga 200 million dollar qiymatida insonparvarlik yordami o’tkazishga va’da berdi.
Barack Obama Haydar Al Abadiy bosh vazir etib tayinlangandan beri, Iroq Qurolli kuchlari yana ham kuchayganini va tajribasi oshganini bildirib, natijada terror tashkiloti DAIShning qo’liga o’tgan hududlar takror tortib olinganini bildirdi.
Obama bilan Abadiy DAIShga qarshi kurashda Eronning ro’lini muhokama qildi.
Obama Iroq tarkibida amalga oshirilgan harbiy amaliyotlar Bog’doddan nazorat qilinishi kerakligini tilga oldi.
Obamaning fikricha, terror tashkilotini butunlay yo’q qilish ancha vaqt oladi.
Terror tashkiloti DAISh hozirda Iroqning Musul va boshqa muhim hududlarining nazoratini qo’lga olgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar