Moskvadagi Suriya yig'ilishi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi

Suriya rejimi bilan muholif hay’at o’rtasida Moskvada bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishda tomonlar o'zaro kelisha olmagan.

232901
Moskvadagi Suriya yig'ilishi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi

Rossiyaning poytaxti Moskvada Suriya rejimi bilan muholif hay’at o’rtasida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Suriyada faoliyat ko’rsatgan Koordinatsiya kengashi Bosh kotibi Hasan Abdulazim rejim hay’ati o’z munosabatini namoyon qilishi uchun zarur ishonch muhitini yaratishga ko’nmagani sababli muzokaralarning muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini ma’lum qildi.
Milliy chaqiruv platforumi rahbari Semir Al-Ayta esa, Suriyaning BMTdagi vakili Beshshar Al-Jafariyning bahs-munozaralarga qo’shilmaganini va jiddiy amaliy faoliyatlarni qabul qilmaganini bildirdi.
Ayta, “Jafariy terrorizmga qarshi kurash masalasiga e’tibor qaratmoqchi bo’ldi, lekin muholifatning talablari muhokama qilinar ekan jiddiy emas edi”-dedi.
Muzokaralarga qatnashgan tomonlar bundan oldin, 10 moddadan iborat matn tayyorlagan edi.
Matnda, “Jeneva-1 konferensiyasi asosida Suriya inqiroziga siyosiy yechim topilishi, milliy mustaqillik, Suriyaning tuproq butunligini va xalqning hamjihatligini saqlash, terrorizmga qarshi kurash, xalqaro hamjamiyatning terror tashkilotlariga homiylik qilishini to’xtatish, sanksiyalarning bekor qilinishi, Suriya xalqiga tadbiq etilgan sanksiyalarni qabul qilmaslik” kabi moddalar o’rin olgan edi.
Muholiflar matnni imzolash evaziga, ishonch hosil qilishga kafolat berishni shart qilib qo’ydi.
Koordinatsiya kengashi Bosh kotibi Hasan Abdulazimning aytishicha, rejim hay’ati ishonch muhiti yaratishga doir muzokaralarga yondashmagani sababli matn hisobga olinmadi.
Suriyalik muholif hay’at a’zolari dushanba kuni Moskvada o’zaro to’planib, so’ngra rejim hay’ati bilan uchrashgan edi.
Moskvada joriy yil boshlarida o’tkazilgan Suriya yig’ilishiga qatnashmagan Suriya Muholif va Inqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi va ko’plab vakillar bu safargi yig’ilishga ham ishtirok etmadi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar