Frantsiyada qulagan uchoq bo'lakchalari 2 km narigacha tarqagan

Uchoqdagi 150 nafar yo’lovchidan hech kim qutqarila olmadi. Ulardan 2 nafari chaqalok, 16 nafari esa talaba edi.

280109
Frantsiyada qulagan uchoq bo'lakchalari 2 km narigacha tarqagan

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li: “Qulagan samalyotda 50 yoshidagi 1 fuqaromiz vafot etdi” dedi.

Frantsiyaning Alp tog’lariga Germaniya havo yollari shirkati Lufthansaga oid GermanWings uchog’i quladi.

Uchoqdagi 150 nafar yo’lovchidan hech kim qutqarila olmadi. Ulardan 2 nafari chaqalok, 16 nafari esa talaba edi.

Yo’lovchilardan bir kishining Turkiya fuqarosi ekanligi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li tomonidan ma’lum qilindi.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Bernard Cazeneuve uchoq qulagan manzilga yetib bordi.

Cazeneuve tomonidan ma’lum qilinishicha uchoqga oid qora qutulardan biri topilgan.

Germanwings voizi tadqiqot natijasida uchoq halokatining sababi aniqlanganligi haqida xabar berar ekan qo’lga kiritilgan ma’lumotlar yo’lovchi ro’yhati aniqlanib, oilalariga xabar yetkazilgach e’lon qilinishini qo'shimchaladi.

Shirkat voiziga ko’ra uchoqdagi yo’lovchilardan 67 nafari Germaniya fuqarosi bo’lishi mumkin.

İspaniya hukumati ushbu uchoq halokati bo’yicha yig’ilish o’tkazar ekan yig’ilish ortidan Bosh vazir o’rinbosari va Hukumat voizi Soraya Saenz de Santamaria tomonidan ma’lum qilinishicha qulagan uchoqdagi yo’lovchilardan 45 nafari İspaniya fuqarosi ekan. Shuningdek bugundan e’tiboran İspaniyada 3 kun motam deb e’lon qilindi.

Frantsiya Prezidenti Francois Hollande ushbu halokatni “Tragediya” deb atadi.

Uchoq bo’lakchalarining 2 kilometr narigacha tarqaganligi haqida xabar tarqatilgan.

Germaniya bosh vaziri Angela Merkel esa, halokatning sababini aniqlash uchun Frantsiya va İspaniya bilan birgalikda ish olib borishlarini aytdi.

Judayam qisqa izohat bergan Merkel ertaga, halokat yuz bergan nuqtaga borishini ham qo’shimchaladi.

Kechqurun Oq Saroy tomonidan ham izohat berilar ekan Washington rahbariyati olaroq har bir ko’makga tayyor ekanliklarini bildirdi. Shuningdek ushbu halokatning terror hujumi emasligini tahmin qilganliklarini ham ilova etdi.

Ba’zi xabar agentliklari AQSh Prezidenti Obamaning “Uchoq halokatida qurbon bo’lganlar uchun duo qilamiz” degan so’zlarini tarqatdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar