Afg’onistonda Tolibon bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida otishma

Afg’onistonning shimolida joylashgan Jevizjan viloyatiga qarashli Akcha tumanida Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik xodimlari o’rtasida otishma ro’y berdi.

277832
Afg’onistonda Tolibon bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida otishma


Aytishlaricha, otishmalar paytida 4 kishi hayotdan ko’z yumgan.
Ma’lumotga ko’ra, Akcha tumani xavfsizlik markaziga hujum qilgan jangarilar bilan xavfsizlik xodimlari o’rtasidagi otishmalar tahminan 1 soat davom etgan.
Hududga yengil mashinada kelgan jangarilar otishmadan so’ng, mashinani tashlab qochishga muvaffaq bo’lgan.
Tolibon to’qnashuvda 5 politsiya xodimining halok bo’lganini, politsiyaga tegishli qurol-aslahalarning musodara qilinganini ma’lum qilgan.
Tekshiruv ketayotgan hududda nazorat kuchaytirilgani aytilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar