Braziliya janubida avtohalokat ro'y berdi

Santa Katarina viloyatida turistlarni olib ketayotgan bir avtobusning jarlikka qulab tushishi oqibatida 51 kishi hayotdan ko’z yumgan.

264735
Braziliya janubida avtohalokat ro'y berdi

Braziliyaning janubida joylashgan Santa Katarina viloyatida turistlarni olib ketayotgan bir avtobus jarlikka qulab tushgan.
Avtohalokat oqibatida avtobusdagi 51 yo’lovchi hayotdan ko’z yumgan va 10 yo’lovchi og’ir shikastlangan.
Yaradorlardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.
400 metr chuqurlikdagi jarlikka qulab tushgan avtobusdagi qurbonlar va yaradorlarning millati va shahsi haqida aniq ma’lumot berilmadi.
Avtohalokatning kelib chiqish sabablari tekshirilmoqda.
Bunga o’xshash avtohalokatlar soni ko’payib borayotgan Braziliyada 2012 yili 45 ming, 2013 yili esa, 41 ming yo’lovchi nobud bo’lgan edi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar