İsroil harbiylarining arablarni qo'lga olishi oddiy xolga aylandi
İsroil harbiylari G’arbiy Sheriyaning Beytullahim va Nablus shaharlarida Falastinlik 20 fuqaroni qo’lga oldi.
256628
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, G’arbiy Sheriyaning Beytullahim shahri yaqinlaridagi Tegua hududida uylarga bosqin uyushtirgan İsroil harbiylari 17 arabni qo’lga olgan.
Nablus shahrida esa, Falastinlik 3 fuqaroni qo’lga olgan İsroil harbiylari bilan bunga qarshilik ko’rsatgan Falastinlik yoshlar o’rtasida otishma ro’y bergan.
İsroil hukumati mavzuga doir hech qanday rasmiy izoh bildirmadi.
İsroil Qurolli kuchlarining G’arbiy Sheriya va Quddusda arablarni turli bahonalar bilan qamoqqa olish holatlari oddiy xolga aylanib bormoqda.
Aloqador xabarlar
Afgʻoniston qochqinlar vaziri xudkushlik hujumida halok bo‘ldi
DEASh terror tashkiloti hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.