Pokistonda terror tashkiloti yetakchisi qo’lga olindi

“Jeysh-ul Adl” nomli terror tashkiloti yetakchisi Salam Rigi İroq va Suriyaga jangari jo’natganlikda va Eron-Pokiston chegarasidagi hujumlarni rejalashtirganlikda ayblanmoqda.

243033
Pokistonda terror tashkiloti yetakchisi qo’lga olindi


Ma’lum bo’lishicha, “Jeysh-ul Adl” nomli terror tashkiloti yetakchilaridan Salam Rigi Eron-Pokiston chegarasida qo’lga olingan.
Terrorist Rigi Pokistonning janubi g’arbida joylashgan Belujiston shtatining poytaxti Quetta yaqinlarida olib borilgan xavfsizlik nazorati paytida avtobusda qo’lga tushirilgan.
Belujiston İchki ishlar vaziri Ekber Huseyin Durani Rigi ekani tahmin qilingan bir fuqaroning qo’lga olinib, so’roqqa tutilganini ma’lum qilgan.
İroq va Suriyaga jangari jo’natganlikda va Eron-Pokiston chegarasidagi hujumlarni rejalashtirganlikda ayblangan Salam Rigi 2010 yili Eronda qo’lga olinib o’lim jazosiga mahkum qilingan Abdulmalik Rigidan so’ng, “Jeysh-ul Adl” nomli terror tashkilotiga yetakchi sifatida tayinlangan edi.
Eronda sunniylarning haq va huquqlarini himoya qilish maqsadida qonli jinoyatlarga qo’l urgan ushbu terror tashkiloti ko’plab Eron chegara posbonlarini o’ldirdi.
Afg’oniston chegarasi yaqinlaridagi Haybar-Pakthunkva hududida olib borilgan harbiy amaliyotlarda 5 nafar Tolibon jangarisi qo’lga tushirildi.
Pokistonda Tolibon jangarilari Peshaver hududidagi bir maktabda jami 150 aholini qatl qilgan edi.
Ushbu jinoyatdan so’ng mamlakat miqyosida yo’lga qo’yilgan keng ko’lamli harbiy amaliyotlar hamon davom etmoqda.
Bosh vazir Navaz Sherif tomonidan e’lon qilingan milliy rejaning bir parchasi bo’lgan harbiy amaliyotlarda bugungacha yuzlab jangari qo’lga tushirildi.



 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar