Amerikada Guantanamo qamoqxonasi qoralandi

Guantanamo qamoqxonasi 11 sentyabr voqealaridan so’ng, terror aybdorlarini to’plash maqsadida qurilgan, lekin mahbuslarning aksariyati sudlanmasdan qamoqqa olingan.

182019
Amerikada Guantanamo qamoqxonasi qoralandi

Amerika xalqi Guantanamo qamoqxonasining yopilishini talab qilmoqda. 
Guantanamo qamoqxonasining ochilganiga 13 yil to’ldi.
Amerika Qo’shma Shtatlarining poytaxti Vashingtonda mazkur qamoqxonaning yopilishi talabi bilan namoyish o’tkazildi.
Qamoqxonadagi mahbuslarga kiydirilgan maxsus rangdagi kiyim va qora niqoblar bilan Oq saroy oldida to’plangan namoyishchilar huquqsizlik ramzi bo’lgan lagerning yopilishini talab qildi.
Guantanamo qamoqxonasi 11 sentyabr voqealaridan so’ng, terror aybdorlarini to’plash maqsadida qurilgan, lekin mahbuslarning aksariyati sudlanmasdan qamoqqa olingan.
Obama hukumati kuni kecha jazo muddatini o’tagan 5 mahbusni ozod qildi.
Hozirda Guantanamodagi mahbuslar soni 127 nafarni tashkil qilmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar