İsroildan Falastinga soliq…

Mutahassislarning fikricha, İsroil Falastinning xalqaro maydonda o’z haqqini talab qilgani uchun ularga jazo sifatida iqtisodiy tazyiqlarni kuchaytirmoqda.

170407
İsroildan Falastinga soliq…


İsroil xalqaro maydonda o’z haqqini talab qilgan Falastinni soliq hissasini bermagan holda jazolantirmoqda.
Falastin Davlat rahbariyati ma’lum qilishicha, İsroil 2014 yilning dekabr oyiga tegishli 150 milliondollardan ko’p bo’lgan soliq hissasini Falastin Moliya vazirligiga topshirmagan.
Falastin muzokarachisi Saib Ureykat İsroil hukumatining qarorini “qaroqchilik” deb baholab, “Musodara qilgan mablag’ İsroilning Falastin xalqiga bergan ehson puli emas, balki bizning haqqimizdir”-dedi.
Bu to’lovning musodara qilinganiga doir hech qanday rasmiy hujjat kelmaganini ma’lum qilgan Falastin vakillari Falastin xalqining tabiiy haqqi bo’lgan bu mablag’ning zudlik bilan to’lanishini talab qildi.
Mutahassislarning fikricha, İsroil Falastinning xalqaro maydonda o’z haqqini talab qilgani uchun ularga jazo sifatida iqtisodiy tazyiqlarni kuchaytirmoqda.
Zero, Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas Falastin tuproqlarining İsroil tomonidan ishg’ol qilinishiga chek qo’yish maqsadida tayyorlangan qaror taklifi BMT Xavfsizlik kengashida qabul qilinmagach, 20 nafar xalqaro shartnomaga a’zo bo’lish talabini imzolagan edi.
Falastinlik vakillar İsroilning moddiy cheklovlari tufayli ishchilarning oylik ish haqlarini to’lashda qiyinchilikka uchradi.
Shu sababli minglab ishchilar norozilik namoyishi o’tkazdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar