Avstraliyaning Sidney shahrida qurolli bosqin...

Avstraliyaning Sidney shahrida niqob kiygan bir guruh qurolli shahslar mahalliy soat 09:45 daqiqa o’tganda bir kafega bostirib kirib ichkaridagi insonlarni garovga oldi.

149164

“Martin Place” ko’chasida joylashgan kafening eshigini qulflab olgan qurolli shahslarning boshida arabcha yozuvlarning borligi va arabcha yozilgan bir bayroqni derazaga osib qo’ygani kuzatildi.
Kafening ichida 10 nafar ishchi xodim bilan 30 nafar haridorning borligi aytilmoqda.
Guvohlarning aytishicha, kafe joylashgan binoning orqa eshigidan 5 kishi qochishga muvaffaq bo’lgan.
Avstraliya matbuoti ma’lum qilishicha, bosqinni El Nusra tashkiloti jangarilari sodir qilgan.
Lekin, bu iddao tegishli vakillar tomonidan tasdiqlanmadi.
Avstraliya Bosh vaziri Tony Abbott, “Ularning birgina maqsadi bizni qo’rqitishdir. Avtraliya tinch, osuda va xavfsiz davlat. Avstraliya aholisi kundalik hayotini davom ettirsin”-dedi.
Avtraliya Mahalliy İmom Kengashi voqeani rasmiy ravishda qoraladi.

Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar