Bugun Inson Haqlar Kuni...

Bugun Inson Haqlar Kuni...

143394
Bugun Inson Haqlar Kuni...


Bugun 10 dekabr. Dunyo inson haqlari kuni…
İnson haqlari xaqida gap ketar ekan, beihtiyor minglab suiste’mol holatlari aqlga keladi. Afsuski bunga juda ko’p misol keltirish mumkin. Masalan; dunyoning turli mintaqalarida rivojlangan g’arb davlatlari ko’chmanchilarga qarshi bo’luvchi siyosat yuritganligi, fuqarolik haqlariga hurmat ko’rsatmasligi vahakazolar…
Faqatgina misollarning sifatlari mamlakatlarga va davrga qarab o’zgaradi. Avvalo inson haqlari nimalardan iborat bunga bir nazar tashlaylik.
Bu nazariya dastlab farqli hujjatlarda o’rin olsa ham, 1948 yilda imzolangan İnson haqlari olamshumul bildiruvining qabul qilinishi bilan kunimizda butun dunyoni yaqindan qiziqtirgan mushtarak qadriyatlar darajasiga kelgan. Ushbu bildiruvning 1-moddasiga ko’ra, “Butun insonlar erkin, hur va teng haqlarga egadirlar. Aql va vijdonga egadirlar”
Bildiruv inson haqlarining ma’lum bir irq, rang, jins, til, din, siyosiy yoki har qanday bir e’tiqodga bo’y sunishi, millatidan qat’iy nazar barcha uchun talluqlidir.
Kishi hoh ma’lum bir mustaqil davlatning fuqarosi bo’lsin, xoh erkinligi cheklangan bo’lsin bu haqlardan va butun erkinliklardan foydalana oladi. Qolaversa, bu haqlar hech qachon boshqalarga yoki tashkilotlarga ko’chirilmaydi.

Tinchliksevar maqsadlar uchun to’planish va tashkilot tuzish, turmush qurish, mol-mulkka ega bo’lish, mehnat qilish, ishini tanlash erkinligi, din, vijdon, tushuncha va anglatish erkinligi haqlari İnson haqlari olamshumul bildiruvining asosini tashkil qiladi.
30-moddada quyidagicha hukm mavjud: “Bu bildiruvning hech bir unsuri izohlangan haq va erkinliklarning bir davlat, jamiyat yoki shahs tomonidan bartaraf etilishini maqsad qiladigan faoliyat yoki tashabbusga o’rin beradigan shaklda mulohaza qilinmaydi”
Ya’ni haqlardan foydalanar ekan, boshqalarning haqlariga ham xurmat ko’rsatish zarur.
Bildiruvning hukmlari qanchalik BMT tomonidan qabul qilinsa ham, afsuski dunyoning 4 tomonidan inson haqlarining poymol qilinish holatlari yuzaga kelmoqda. Turkiyaga chegaradosh davlat Suriyadagi hodisalar insonlarning ichki urushda qanchalik azob chekkanligini namoyon qilmoqda. Afsuski urushlar, to’qnashuvlar va qo’zg’alonlar yuz bergan mintaqalarda ayollar, bolalar va yoshu qari demasdan butun insonlar azob chekmoqdalar. Minglab insonlar to’qnashuvlarda jabr ko’rmoqdalar.
Demak, İnson haqlari olamshumul bildiruvining o’zi insonlarni haqsizliklarga va zulmga qarshi himoya qilishda yetarli emas. Demokratiyaning butun qoidalariga amal qilinmagan jamiyatlarda huquq va inson haqlari to’liq hayotga tadbiq etilmayotir.
Dunyoga demokratiya tarqatishga, inson haqlarini baholashga harakat qilgan ulkan kuchlar ajabo dunyoning oz rivojlangan, diktatorlik bilan boshqarilgan davlatlarni demokratiya va inson haqlariga xurmat ko’rsatishga chaqirar ekan qanchalik samimiydir? Degan savol tug’iladi.

Afsuski bu masalada ichni yoritadigan javob topish qiyin. Yaqin sharq, Osiyo yoki dunyoning boshqa joyida uylarga tushgan alanganing issiqligini his qilolmaydilar yoki his qilishni istamaydilar.

Dunyoning har tomonidan insoniyatga qarshi jinoyatlar qilinisha davom etmoqda. Faqat bir mavzu bor ki insoniyatga qarshi jinoyat ishlashga davom etmoqda. IShid nomidagi kimi himoya qilgani ma’lum bo’lmagan bir tashkilot dunyoning tinchlikga erishmagan bir mintaqasida bugungacha sodir bo’lganlardan yana yomon jinoyatlar qilmoqda. ISHİD amallarini Islom nomidan qilishi tarixda hech ko’rilmagan bir uslubdir. Bola chag’a, yosh keksa demasdabn insonlarni qatl etishi hech bir maqsadni haq deb ko’rsata olmas va kechirila olmas . Amallarini Islom nomidan amalga oshirganini da’vo qilishi birinchidan Musulmonlarga katta norozichilik ko’rsatilishiga sabab bo’lmoqda. Islom olimlari “ Islomda aybsiz insonni o’ldirish, elchilari va shubois jurnalistlarni o’ldirish, xritianlarga va Ahli kitobga yomon muomala qilish va bartaraf etilgan qullikni tatbiq etish, İnsonlari Musulmon bo’lishga majburlash, ayollar va bola haqlarini qo’llaridan olish, Islomda o’ldirilgan jasadlarga zarar berish, iskanja qilish joiz emas” deydi. Faqat ISHİD İnsonlik jinoyati ishlashga davom etmoqda.
Tarix bizga ko’rsatadi ki hech bir tashkilot, qancha behuda ko’rinsa ham o’zidan o’zi bir qonuniy himoyachisi bo’lmasdan turib borligini davom etira olmas.
Bu insoniyat jinoyatining orqasidagi kuch bir kun o’rtaga chiqadi.
İnson haqlari kuni nishonlanar ekan insoniyat haqi poymollari va jinoyatlarni bartaraf etish uchun mushtarak sizgirlik ko’rsatishimiz lozim.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar