Afg’on xavfsizlik xodimlari bilan Tolibon o’rtasida otishma...

Afg’oniston janubidagi Helmand viloyatida xavfsizlik xodimlari bilan Tolibon jangarilari o’rtasida ro’y bergan otishmalarda 30 nafar Tolibon jangarisi o’ldirildi.

209952
Afg’on xavfsizlik xodimlari bilan Tolibon o’rtasida otishma...

Afg’oniston janubidagi Helmand viloyatida afg’on xavfsizlik xodimlari bilan Tolibon o’rtasida 2 hududda otishma sodir bo’ldi.
Tolibon jangarilari Afg’oniston Qurolli kuchlariga tegishli “Camp Basion” harbiy bazasiga hujum qildi.
Hujum oqibatida 5 nafar afg’on askari halok bo’ldi.
Xavfsizlik xodimlari bilan Tolibon jangarilari o’rtasida ro’y bergan otishmalarda 30 nafar Tolibon jangarisi o’ldirildi.
Otishmalar paytida 9 afg’on askari yaralandi.
Tahminan 1 oy avval Afg’onistondagi ingliz askarlarning eng katta harbiy bazasi bo’lgan “Camp Basion” Afg’oniston Qurolli kuchlariga topshirilgan edi.
Bundan tashqari, Tolibon jangarilari Helmand viloyatining Sengin tumanida joylashgan Afg’oniston Qurolli kuchlariga tegishli bir harbiy bazaga ham hujum qildi.
Hujum oqibatida 5 nafar afg’on askari halok bo’ldi, 12 nafar Tolibon jangari o’ldirildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar