Afg'onistonda 21 Tolibon jangarisi taslim bo’ldi

Afg’oniston Davlati qurollarni tashlab taslim bo’lgan jangarilarni ish bilan ta’minlamoqda va moddiy yordam ko’rsatmoqda.

198646
Afg'onistonda 21 Tolibon jangarisi taslim bo’ldi


Afg’onistonning Badaxshon va Faryob viloyatlarida 21 jangari o’z istagi bilan taslim bo’ldi.

Badaxshon xokimi Shox Veliullah Adibning aytishicha, jangarilar o’z istaklariga binoan xavfsizlik xodimlariga taslim bo’lgan.
Uning aytishicha, taslim bo’lgan 18 jangari Badaxshonning Argu tumanida sodir bo’lgan qurolli hujumlarda qo’li borligi aniqlangan.
Bu shahslar ichida Tolibonning hududdagi eng faol komondonlaridan 2 nafarining borligi aytilmoqda.
Adib mazkur shahslarning taslim bo’lishi mintaqa xavfsizligi uchun muhim ekaniga e’tibor qaratdi.
Faryob va Badaxshon viloyatlarida 2 oy oldin ham 112 Tolibon jangarisi qurollarni tashlab taslim bo’lgan edi.
Afg’onistonda 10 yildan ziyod davom etgan urushga siyosiy yechim topishga harakat qilgan Oliy tinchlik kengashi “Tinchlik dasturi” nomli yangi amaliyotni yo’lga qo’ydi.
Afg’oniston Davlati mazkur dastur vositasida qurollarni tashlab taslim bo’lgan jangarilarni ish bilan ta’minlamoqda va moddiy yordam ko’rsatmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar