Afg’onistonda Tolibon bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma

Bir necha soat davom etgan otishmalarda 4 jangari o’ldirilgan, 8 jangari bilan 5 nafar xavfsizlik xodimi tan jarohati olgan.

82708
Afg’onistonda Tolibon bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma

Afg’onistonning Bag’lan va Badgis viloyatlarida Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o’rtasida otishma yuz berdi.
Bag’lan xokimiyati kotibi Mahmud Hakmalning aytishicha, xavfsizlik kuchlari Bag’lanning markaziy tumanida olib borilgan harbiy amaliyotlar paytida jangarilar bilan otishma yuz bergan.
Bir necha soat davom etgan otishmalarda 4 jangarining o’ldirilganini qayd etgan Hakmal, 8 jangari bilan 5 nafar xavfsizlik xodimi tan jarohati olganini bildirdi.
Tolibon kotibi Zabihullah Mujahit esa, to’qnashuvlarda 7 nafar politsiya xodimi halok bo’lganini, 12 nafari tan jarohati olganini ilgari surdi.
Badgis Xavfsizlik boshqarmasi rahbari Jan Serhadining aytishicha, jangarilar Badgisning Kades tumani Karacheki hududidagi politsiya boshqarmasiga hujum qilishi oqibatida otishma kelib chiqqan.
To’qnashuvlar oqibatida 8 jangarining o’ldirilganini ma’lum qilgan Serhadi 12 jangarining tan jarohati olganini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar