Turk dunyosi shamchiroqlari - 4

Dasturimizning bugungi sonida buyuk mutasavvuf olim, naqshbandiya tariqatining rivojiga muhim hissa qo‘shgan alloma Abdulxoliq G‘ijdivoniy haqida so‘z qilamiz.

2235950
Turk dunyosi shamchiroqlari - 4

Abdulxoliq G‘ijdivoniy turkiy tasavvuf an’anasining muhim namoyandalaridan biri bo‘lib, Xo‘jagon silsilasining asoschisi sifatida qabul qilinadi. U Buxorodan 30 km uzoqlikda joylashgan G‘ijdivon qishlog‘ida tug‘ilgan. Oʻzining «Risolai sohibiya» asarida qayd etilishicha, uning otasi Imom Molik avlodidan bo‘libham ekzoterik hamda ezoterik ilmlarda chuqur bilimga ega boʻlgan malatiyalik Imom Abduljamildir.

Ilk olish uchun yoshligida Buxoroga borgan Abdulxoliq, u yerda Imom Sadriddin qo‘lida tafsir ilmini o‘rgandan. Bir kuni «Robbingizga yalinib yolvorib, pinhona duo qiling. Bilingki, U zot haddan oshuvchilarni sevmas» degan A’raf surasining 55 - oyatini tafsir qilar ekan, duoning maxfiyligidan shubhalanib, bu haqida ustoziga murojaat qilgan ekan. Sadriddin bu mavzuning ladun ilmiga mansubligini ifoda etib, kelajakda unga bir kishining o‘rgatishini aytadi. Ko‘p o‘tmay Hizr degan nom bilan tanilgan kishi Abdulxoliqqa suv ostida kalima – i shahodat keltirishni, uni takrorlashni o‘rgatib, zikrning yashirin usulidan xabar beradi.  Shuningdek, u, zikrni sanab aytish afzalligi haqida gapiradi.

Yigirma ikki yoshigacha Hizrning ma’naviy tarbiyasida bo‘lgan Abdulxoliq, keyinchalik Buxoroga kelgan va turkiylardan bo‘lgan mashhur so‘fiy Yusuf al – Hamadoniyga shogird tushadi. Hamadoniy zikrda ochiq usulni qo‘llashiga qaramay Abdulxoliqqa, Hizrdan o‘rgangan maxfiy zikrni davom ettirishiga ruxsat berdi. O‘sha davrda Hizr, Abdulxoliqning ma’naviy tarbiyasini Hamadoniyga topshiradi. Shu jihatdan olib qaraganda Hizr, Abdulxoliqqa zikr talqin qilgan va so‘fiy yo‘liga boshlagan saboq piri bo‘lsa; Hamadoniy suhbat piriga aylanadi. Biroq Abdulxoliqqa xirqa bergani bois, silsilada asosiy murshid sifatida Hamadoniy qabul qilinadi.

Hamadoniy Xurosonga qaytib ketishi ortidan o‘z qishlog‘iga qaytgan Abdulxoliq, u yerda «xilvat» ya’ni «inzivo» qilib, zohidlik bilan band bo‘ladi. Bu jarayonda uning shuhrati keng tarqalib, uzoq - yaqindagi shogirdlari ziyoratiga keladilar. Hamadoniy xalifalaridan biri bo‘lgan Ahmad Yassaviy islom dinini yoyish uchun Buxorodan Turkistonga yo‘l olar ekan, Abdulxoliq G‘ijdivoniy Buxoro va uning atrofidagi darveshlarning rahbarligini oʻz zimmasiga oladi. Umrining oxirgi damlarini G‘ijdivonda o‘tkazgan Abdulxoliq, u yerda shogirdlari bilan muntazam ravishda uchrashib turadi.

Abdulxoliq Gʻijdivoniy, Xoʻjagon yo‘lining asosiy tamoyillarini belgilab berdi. Bu tamoyillar quyidagicha:

- Har nafasda gʻaflatdan xalos boʻlmoq

- Insoniy sifatlardan poklanib, ilohiy sifatlar bilan bezanish

-Yurish paytida koʻzni zarur boʻlgan paytlardan tashqari oyoqlardan uzmaslik

- Tashqarida xalq bilan, ichkarida esa Xaq bilan birga boʻlish

- Til va zikr bilan birgalikda qalb zikrini ijro etish

- Zikr paytida «Ilohiy, ante maqsudiy va rizoka matlubiy» (Ey Xudoyim! Maqsadim - Sensan, izlaganim - Sening roziligingdir!) jumlasini aytish.

- Chalgʻituvchi fikrlardan uzoqlashish.

- Zikr sabab boʻlgan fikrlardan yiroq turish

***

Abdulholiq Gʻijdivoniyning vafoti haqida turli ma’lumotlar bor. Ayrimlariga koʻra u 1179 – yili, ayrimlariga koʻra esa 1220 –yili vafot etgan. Uning ma’naviy merosi ayniqsa Turkiston tuproqlarida katta ta’sirga ega boʻlgan. Abdulxoliq Gʻijdivoniy, faqatgina soʻfiy lider emas ayni vaqtda turk - islom sivilizatsiyasining muhim vakili sifatida ham koʻriladi.

Abdulxoliq Gʻijdivoniy, turk tasavvuf an’analarining muhim namoyandasi sifatida ham turk madaniyati ham da islom qadriyatlarini uygʻunlashtirgan shaxsdir. Uning fikricha tasavvuf yoki so‘fiylik nafaqat shaxsiy sayohat, balki ijtimoiy mas’uliyat hamdir. Shu nuqtai nazardan u turkiylarning ma’naviy - madaniy hayotiga chuqur kirib bordi va ularning o‘zliklarida o‘chmas izlar qoldirdi. G‘ijdivoniy ta’limotlari va ta’siri ayniqsa Turkistonda sezilib, asrlar davomida turkiy tasavvufni shakllantirgan.

***

«Turk dunyosi shamchiroqlari» dasturi, xalqaro munosabatlar sohasida falsafa doktori Jemil Dog‘ach Ipek tomonidan tayyorlanmoqda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar