Turk dunyosi shamchiroqlari - 3

Dasturimizning bugungi sonida, turk tasavvufining yetakchi ismlaridan biri bo‘lgan Yusuf Hamadoniy haqida so‘z qilamiz.

2233255
Turk dunyosi shamchiroqlari - 3

Yusuf Hamadoniy (k.s.) Turk dunyosining islomlashuvi va Anado‘luning qayta turklashishiga ulkan hissa qo‘shgan tasavvuf tariqatidagi yassaviylik va naqshbandiylik asoschilaridandir. XI asrda yashab o‘tgan bu buyuk so‘fiy ham o‘z tafakkuri ham da o‘zi tarbiyalagan shogirdlari bilan islom olamida chuqur iz qoldirgan. Bu hurmatli shaxs, ayniqsa, turkiylar orasidan chiqqan so‘fiy sifatida e’tiborlarni o‘ziga jalb etadi. Uning hayoti turk - islom tafakkurining muhim namunasini tashkil etgan va shu nuqtai nazardan tasavvufning keng hududda yoyilishiga hissa qo‘shgandir.

Yusuf Hamadoniy 1048 - yili Hamadon shahrida tug‘ilgan. Oʻsha paytda Hamadon, saljuqiylar davlati tasarrufida boʻlib, turkiy aholisi zich yashaydigan hudud edi. Hamadoniyning oilasi turkiylardan edi va bu uning ham turkiy hamda islomiy kimligini mustahkamlagan unsurlardan biri edi. Yusuf Hamadoniyning etnik jihatdan turkiy bo‘lishi, uning islom olamida, xususan Turkiston geografiyasida tasavvufiy tafakkurning yoyilishida o‘ynagan rolini yanada mazmunli qilmoqda.

Yoshligidan ta’lim olishni boshlagan Yusuf Hamadoniy ayniqsa hadis, fiqh va ilohiyot sohalarida katta bilimga ega boʻldi. Boshlang‘ich ta’limini Hamadonda olgach, Bog‘dodga borib, davrning mashhur olimlaridan saboqlar oladi. Bog‘dod o‘sha davrda islom olamining eng muhim ilm markazlaridan biri edi va u yerda olgan bilimlari Hamadoniyning tasavvuflik sari yo‘l olishiga zamin tayyorladi.

Yusuf Hamadoniyni boshqa olimlardan ajratib turgan eng muhim xususiyat, uning tasavvufga bo‘lgan qiziqishidir. U an’anaviy islom ilmlarini chuqurroq o‘rganish bilan birga, so‘fiylik maktablari bilan ham yaqin aloqalar o‘rnatgan. Bog‘dodda yashagan davrda Abdulqodir Gayloniy kabi tasavvuf olamining buyuk nomlari bilan bir muhitda bo‘lgan va bu nomlardan ancha ta’sirlangan. Ayniqsa, «xilvat» ya’ni «inzivo» qilishi bilan e’tiborni o‘ziga tortgan Hamadoniy, insonning ichki dunyosiga murojaat qilib, Olloxga yaqinlashishga asoslangan tushunchani qabul qilgan. Hamadoniyning tasavvuflik yo‘liga qo‘shgan eng muhim xizmatlaridan biri shogirdlariga qoldirgan ilmiy - ma’naviy merosidir.

Yusuf Hamadoniyning hayotining salmoqli qismi Turkistonda o‘tgan. U nomi tilga olingan shaharda o‘qigan va’z – nasihatlari va tasavvufiy suhbatlari bilan turkiy xalqlari orasida islom dinini chuqur targ‘ib qildi va bu jamoalarning ma’naviy dunyosini shakllantirdi. Uning ta’siri faqatgina o‘zi yashab o‘tgan davr bilangina cheklaib qolmay, asrlar davomida turkiy tasavvufida ham o‘z o‘rnini yo‘qotmadi.  

Turk jamoalarining islom bilan integratsiyalashuv jarayonida Hamadoniyning tasavvufiy fikrlari katta rol o‘ynadi. Hamadoniy islom dinini faqatgina e’tiqod tizimi sifatida emas, balki bir turmush tarzi sifatida ham qabul qildi. Eng muhimi insonlarning ham shaxsiy hamda ijtimoiy hayotini o‘zgartirdi. Bu jihatdan turk madaniyatining islomiy qadriyatlar bilan uygʻunlashuviga ulkan hissa qoʻshdi.

Yusuf Hamadoniy 1140 - yili Marv shahrida vafot etgan. Qabri bugungi kundagi Turkmaniston chegarasidagi Marv viloyati yaqinidagi Bayramali shahrida joylashgan boʻlib, Xoʻja Yusuf degan nom bilan ziyoratgohga aylangan. Yusuf al - Hamadoniy o‘zi tarbiyalagan ikki mashhur xalifa bilan ikki muhim tasavvuf maktabining paydo bo‘lishiga zamin tayyorlagan. Ahmad Yassaviy bilan Abdulxoliq G‘ijdivoniy, Hamadoniyning eng mashhur xalifalaridandir. Bu xalifalar Turk dunyosida chuqur iz qoldirgan yassaviylik va naqshibandiylik maktablari uchun juda muhim nomlardir. Uning ma’naviy merosi, ayniqsa, O‘rta Osiyo va Onado‘li tuproqlarida katta ta’sirga ega bo‘ldi. Hamadoniy faqatgina so‘fiylar yetakchisi emas, ayni vaqtda turk - islom madaniyatining muhim vakili sifatida ham qabul qilinadi.

***

Yusuf Hamadoniy turk - islom tasavvufining yetakchi namoyandalaridan biri sifatida islom tafakkuriga ham nazariy hamda amaliy jihatdan katta hissa qo‘shgan. Uning asli turkiylardan boʻlgani bois, shaxsining tasavvufiy tushunchasining Oʻrta Osiyo va Anadoʻlu kabi turkiylar zich yashaydigan hududlarda yanada mustahkam o‘rin topishiga imkon berdi. Hamadoniy o‘zi tarbiyalagan shogirdlari va ilgari surgan ruhiy ta’limotlari bilan islom tarixidagi muhim shaxslardan biri sifatida yodga olinadi. Uning hayoti va tafakkuri islom va tasavvuf tarixini anglab yetishni istaganlar uchun voz kechilmas muhim manbadir.

***

«Turk dunyosi shamchiroqlari» deb nomlangan dastur, xalqaro munosabatlar sohasida falsafa doktori Jemil Dog‘ach Ipek tomonidan tayyorlandi.

 

 



Aloqador xabarlar