Turk dunyosi shamchiroqlari - 1
Pir – i Turkiston: Ahmad Yassaviy.

Xo‘ja Ahmad Yassaviy, turkiylarning diniy va so‘fiy hayotida chuqur iz qoldirgan va «Pir - i Turkiston» degan yuksak va sharafli nom bilan tanilgan buyuk shoirdir. Yassaviylik maktabining asoschisi sifatida ham tanilgan Ahmad Yassaviy, islom dinining turkiylar orasida keng tarqalishi va tasavvuf ilmining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.
Ahmad Yassaviyning qachon tug‘ilgani aniq emas ammo uning 11 – asrning ikkinchi yarmida tavallud topgani taxmin qilinmoqda. Tug‘ilgan joyi sifatida esa, bugungi kundagi Qozog‘iston chegaralarida joylashgan Sayram yoki Yassi (hozirgi Turkiston) shahri ekani aytiladi. Otasi, turli karomatlari bilan tanilgan va Hazrati Alining avlodi ekani qabul qilingan Shayx Ibrohim; onasi esa Shayx Musoning qizi Oysha Xotundir. Bolaligida ota - onasidan ayrilgan Ahmad Yassaviy, opasi Gavhar Shahnoz bilan birga Yassi shahriga joylashdi.
Taʼlimini Yassi shahrida ola boshlagan Ahmad Yassaviy, yoshligida kuzatilgan manaviy qobiliyatlari bilan atrofidagilarning eʼtiborini o‘ziga jalb etadi. Mintaqada aytilgan turli rivoyatlarga ko‘ra, u yetti yoshida Hizir rahnamoligida bo‘lib, Yassidagi Arslon boboga shogird tushadi. Arslon boboning vafoti ortidan esa o‘sha davrning muhim ilm markazlaridan biri bo‘lgan Buxoroga borgan Ahmad Yassaviy, u yerda, Shayx Yusuf al - Hamadoniydan ta’lim oladi. Shayhning vafoti ortidan esa uning lavozimini egallaydi ammo ko‘p o‘tmay mazkur vazifasini Abdulholiq G‘ijdivoniyga topshiradi va ortidan Yassiga qaytib, umrining oxirigacha ana shu yerda rahnamolik faoliyatini davom ettiradi.
Ahmad Yassaviy, islom asoslari va so‘fiylikning nozik jihatlarini turkiy tilida ifoda etgan va «Hikmat» deb nomlangan she’rlar qalamga olgan. Bu hikmatlar, islom dinini yangi qabul qilgan yoki hali hanuz qabul qilmagan turkiylar orasida diniy ilm va so‘fiy ko‘z qarashlarni yoyishda samarali bo‘ldi. Uning shariat va mazhabni munosib tarzda birlashtirishi, Yassaviy maktabining turkiylar orasida tez yoyilishiga imkon berdi. Yassaviyning eng mashhur xalifalaridan biri bo‘lgan Xakim ota yoki Sulaymon Boqirg‘oniy, o‘z ta’limotini bugungi O‘zbekiston chegaralarida o‘rin olgan Xorazm viloyatida davom ettirdi.
Ahmad Yassaviyning eng mashhur asarlaridan biri «Devon - i Hikmat»dir. Ushbu asar, islom dinining turkiylar orasida tushunarli tilda yoyilishiga ulkan hissa qo‘shgan. Hikmatlarida sof turkiy tilidan foydalanib, diniy va so‘fiy mavzularni omma tushunadigan tarzda muhokama qilgan. Uning bu yondashuvi, turkiylarning tasavvuf adabiyotining rivojlanishida yetakchi rol o‘ynadi.
Ahmad Yassaviyning ta’siri o‘zi yashagan davr bilan chegaralanibgina qolmay, keyingi asrlarda ham davom etdi va eng muhimi bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi. U, Anado‘luda rivojlanayotgan tasavvufiy harakatlarga ham ta’sir qildi. Ayniqsa Xoji Bektosh Valiy, Xoji Bayram Valiy kabi so‘fiy yo‘lboshchilar uning izidan ergashdi. Qolaversa Yassaviy hikmatlari, Turkistondan Bolqongalarcha boʻlgan keng hududda soʻfiylik tafakkurining tarqalishida alohida oʻringa ega edi.
Ahmad Yassaviyning hayoti turli rivoyatlar bilan boyitilgan. Ayniqsa Arslon Bobo bilan bo‘lgan munosabati va Hz. Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan olgan osori - atiqalari haqidagi rivoyatlarda u zotning ma’naviy buyukligi ta’kidlanadi. Bundan tashqari 63 yoshga kirganida, Hz. Muhammad vafot etgan yoshga boʻlgan hurmati tuzasidan yer ostiga kirib, umrining qolgan qismini ana shu yerda o‘tkazgan. Bularning barchasi uning xalq orasidagi obro‘ - e’tiborini oshirib, ta’limotini o‘zlashtirishlariga xizmat qildi.
Yassaviy maqbarasi Yassi shahrida joylashgan. Bu maqbara vaqt o‘tishi bilan donolik markaziga aylandi. Sohibqiron Amir Temur davrida qayta tiklangan maqbara, me’morchilik nuqtai nazaridan ham muhim asar hisoblanadi. Bugungi kunda Ahmad Yassaviy maqbarasi va uning atrofi, UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va ko‘pchilik tomonidan ziyorat qilinmoqda.
***
Ahmad Yassaviy, islom dinining turkiylar orasida yoyilishi va tasavvuf tushunchasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Uning sodda til bilan qalamga olgan hikmatlari, diniy ma’lumotlarning keng ommaga yetib borishini ta’minladi va turkiylarning tasavvuf adabiyotiga asos soldi. Yassaviyning merosi faqatgina Orta O‘siyo bilan cheklanib qolmay, Anado‘ludan Bolqonlargacha bo‘lgan keng hududda o‘z ta’sirini davom ettirdi. Bugungi kunda ham uning ta’limoti va asarlari, so‘fiy tafakkurini anglashda muhim manba hisoblanadi.
«Turk dunyosi shamchiroqlari» deb nomlangan dastur, xalqaro munosabatlar sohasida falsafa doktori Jemil Dog‘ach Ipek tomonidan tayyorlandi.