Xayolimdagi sayohat-01
Assalomu alaykum aziz muxlislar! Yangi 2025 yilda haftaning har seshanba kuni efirga uzatiladigan “Xayolimdagi sayohat” dasturiga xush kelibsiz!
Shahar hayotidagi shovqindan charchagan vaqtimizda boshqa joylarga sayohat qilish orzusi paydo bo’ladi.
Aynan shu orzuni ro’yobga chiqarish maqsadida, dunyoning turli mamlakatlarida kashf etilmagan maskanlarga sayohat qilishga harakat qilamiz.
Bugun biz sizlar bilan Eronga sayohat qilamiz.
Sayohatimiz davomida bu mintaqada asrlar davomida o’chmas iz qoldirgan turk madaniyati izlariga guvoh bo’lamiz.
Saljuqiylardan Safaviylargacha, Ilxoniylardan Qojarlargacha bo‘lgan boy meros kunimizda ham o‘z hayotiyligini saqlab kelmoqda.
Sayohatimizni shimoli-g‘arbdan, Tabriz viloyatidan boshlamoqchimiz. Tabrizning qadimiy ko‘chalarida sayr qilar ekanmiz, har qadamda turk tarixining izlariga guvoh bo’lamiz.
Bir paytlar Safaviylar sulolasining poytaxti bo‘lgan bu ko’rkamli shahar kunimizda ham Eronning tarixiy Ozarbayjon viloyatining qalbi hisoblanadi.
Shahar markazidagi Katta bozor YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Turk-islom me’morchiligining eng go‘zal namunalaridan biri bo‘lgan bu bozorda savdogarlarning turkcha ovozlari aks-sado beradi.
Tabrizdan so’ng sayohatimiz Urmiya viloyatigacha davom etadi. Urmiyada turk va fors an’analari bir-biri bilan qorishganligini guvohi bo’lasiz. Mahalliy turk xalq og‘zaki ijodida alohida o‘rin tutgan Urmiya ko‘li tuz kristallari bilan qoplangan qirg‘oqlari bilan sayyohlarga maftunkor manzarani taqdim etadi.
Shahar markazidagi Urmiya bozorida turkiyzabon savdogarlar va hunarmandlar bilan suhbatlashar ekansiz, mahalliy madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Zanjon viloyatiga kelsangiz sizni Ilxoniylar davridan qolgan muhtasham Sultoniya maqbarasi kutib oladi.
Dunyodagi eng katta g‘isht gumbazlaridan biriga ega bo’lgan bino mo‘g‘ul-turk me’morchiligining shox asarlaridan biri hisoblanadi.
“Rahtshuyxona” muzeyida mintaqadagi turk xalqining kundalik hayoti va urf-odatlariga doir boy kollektsiya namoyish etiladi.
Navbatdagi manzilimiz Safaviylar sulolasining markazi bo’lmish Eron shimolidagi Ardabil shahridir. Shayx Safi maqbarasi nafaqat meʼmorchilik, balki xattotlik va koshinkorlik kabi turk sanʼatining nozik jihatlarini namoyon etadi. Maqbara kutubxonasida bir vaqtlar dunyodagi eng boy qo‘lyozma fondlaridan biri joylashgandi.
Janub tomonda Isfahon viloyatiga sayohat qilar ekanmiz, turk-islom me’morchiligining eng ajoyib namunalariga duch kelamiz. Saljuqiylar davriga oid Cuma masjidi turk-islom dizayn elementlarining ajoyib namunasidir desak mubolag’a bo’lmaydi.
Safaviylar davrida qurilgan “Shayx Lutfulloh” masjidi va “Naqsh-i Jahon” maydonidagi Ali Kapu saroyi turk-fors meʼmoriy uygʻunligining eng goʻzal asarlaridir.
“Chehel Sutun” saroyidagi tarixiy manzaralar tasvirlangan devor rasmlari va saroy musiqa xonasidagi akustik xususiyatlar turk san’atining o’ziga xos jihatlarini aks ettiradi.
Sherozda esa, fors va turk madaniyatining o‘ziga xos hamohangligiga guvoh bo‘lasiz. “Karim Xon Zand” qal'asi, turk harbiy me'morchiligining shox asarlaridan biridir.
Shaharning mashhur bozorlarida turk gilamlari va sholchalarining an’anaviy naqshlari hamon saqlanib qolgan.
Sharqda joylashgan Mashhad viloyatiga sayohat qilganimizda Imom Rizo qabrining ruhiy sokinligi kutib oladi. Asrlar davomida Anado‘ludan kelayotgan turk ziyoratchilarning manzili bo‘lgan ushbu tabarruk maskan nafaqat me’moriy, balki ma’naviy jihatdan ham chuqur izlarni o’zida mujassam qiladi. Shahardagi gilam to’qish korxonalarida Eronning mashhur Xuroson gilamlaridagi turk naqshlarini ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bugungi sayohatimizning so’nggi bekati poytaxt Tehron shahri. U yerda qad rostlagan Guliston saroyida Qojarlar sulolasining turkiy merosiga duch kelasiz. Saroy devorlaridagi koshinlar va xattotlik turk-eron san’at an’analarining mukammal uyg’unligini namoyon qiladi, saroy muzeyidagi asarlar esa, turk hukmdorlarining Eron tarixida qoldirgan chuqur izlarini ochib beradi.
Sayohatimiz davomida duch kelgan har bir shahar va u yerlardagi o’ziga xos madaniyat Eronda turklarning juda katta o’rni borligini isbotlaydi.
Turk tili va madaniyati butun Eronda nafaqat tarixiy obidalarda, balki odamlarning kundalik hayotida, musiqasida, hunarmandchiligida va oshxona madaniyatida o’z aksini topmoqda.
Keling endi asrlar davomida turkiy va fors an’analarini o’zida mujassam qilgan Eronning lazzatli taomlar madaniyatiga bir nazar tashlaylik. Erondagi ikki madaniyatning oshxonalar chorrahasida unutilmas lazzatli taomlarga duch kelasiz.
Yana Tabriz viloyatiga to’xtaladigan bo’lsak, shaharning mashhur taomi Tabriz koʻftesidir. U Eronning mashhur taomlaridan biri boʻlib, dunyo bo’ylab obroʻga ega va Tabriz shahriga xosdir. Yaqin Sharqning turli burchaklarida har xil turda koʻfte taomlari tayyorlanadi va Tabriz koʻftesining ajralib turadigan jihati koʻproq uni tayyorlash usuli va unda ishlatiladigan masaliqlaridadir. Tuxum, olxo'ri va yong'oqdan tayyorlanadigan bu taom Ozarbayjon turklari oshxonasining voz kechilmas taomlaridan biridir.
Tabriz bozorida sotiladigan "pestil" va "sucuk" (yong'oqli uzum shirinligi) Anadoluga xos lazzatlarning Eroncha talqinidir. Nonushta uchun "sangak" noniga surilgan qaymoq va asal Van nonushtasiga o'xshaydi.
Urmiya oshxonasi ko'l bo'yida joylashganligi bilan o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Bu yerda “dizi” deb ataladigan kabob turi mavjud bo’lib, u Kars viloyatidagi qiymali kotletni eslatadi. Mahalliy bozorlarda sotiladigan "Basluk" va quritilgan mevalar turk oshxonasidagi o'xshashlari bilan deyarli bir xil nomlar bilan ataladi.
Eronning shimoli-sharqidagi Ardabil shahrida “piti” taomini uchratasiz.
Ozarbayjon oshxonasining ushbu mashhur taomi no‘xat va qo‘zichoq go‘shtidan tayyorlanadi. U o’ziga xos usul bilan tortiq qilinadi.
Isfaxonda esa, Safaviylar saroy oshxonasining lazzarli taomlariga duch kelasiz. "Chelo kabob" (guruch ustidagi kabob) kunimizda Eron oshxonasining ajralmas qismidir. Isfaxonning mashhur "biryani" taomi non orasida pishirilgan qiyma sifatida bilinadi.
Mashhad oshxonasi Xuroson mintaqasining boy an'analarini o’zida aks ettiradi.
"Shish-lik" (shishlik) - etimologik jihatdan turkchadan kelgan kabob turidir. U yerda tayyorlangan "Ashure" shirinligi ham xuddi Anadoluda bo'lgani kabi Muharram oyining voz kechilmas taomidir.
Eronning har bir viloyatida palov alohida o‘rin tutadi. Janubiy Xuroson mintaqasida juda ko’p palov turlari mavjud. "Zeresh" uzumidan tayyorlangan palov, "sabzi palovi" shular jumlasidandir. Za'faron mahsulotidan foydalanish fors va turk oshxonasining ajralmas xususiyati hisoblanadi.
Choy madaniyati ham Eron va turk jamiyatlarining ajralmas qismidir. Choy har ikki madaniyatda ham suhbat, mehmondo'stlik va kundalik hayotning bir bo’lagi desak adashmagan bo’lamiz.
Turk-Eron oshpazlik madaniyati asrlar davomida bir-biri bilan chambarchas bog'liqki, kunimizda ko'plab taomlarning kelib chiqishini aniqlash amri mahol. Ushbu boy meros kunimizda ham o'zining hayotiyligini saqlab kelmoqda.