Turkiy tilining sehrli dunyosi - 22

Dasturimizning bu galgi sonida chuvash turklari, chuvash turklari yashagan joy va chuvash turkchasi haqida so‘z qilamiz.

2225817
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 22

Dasturimizning bu galgi sonida, bugungi kunda so‘zlashilgan turkiy tillari orasida, tushunarliligi jihatidan Turkiya turkchasiga eng uzoq ekani qabul qilingan ammo bu uzoqlikning bir chet tilidek emasligi isbotlangan tilni so‘zlashuvchi chuvash turklari, chuvash turklari yashagan joy va chuvash turkchasi haqida so‘z qilamiz. 

***

«Chuvash» etnik nomi eski bolgar va tatar turkchasida «chivash» (Turkiya turkchasida sekin) deya talaffuz qilinar ekan «xotirjam, kamtarin va tinchliksevar» degan ma’noni anglatadi. Oʻzlarini haligacha «chivash» deb atagan chuvash turklarining shakllanishi qadim zamonlarga borib taqalishiga qaramay, «chuvash» nomi ilk bor 1521 - yili rus yilnomalarida, Idil mintaqasidagi butun xalqlarni tasvirlash maqsadida qoʻllanilgan. Ushbu etnik nom, endilikda faqatgina chuvash turklari nomi sifatida qayd etilmoqda.

Chuvash turklari bugungi kunda asosan Rossiya Federatsiyasining ayrim avtonom respublikalari va viloyatlarini o‘z ichiga olgan Idil – Ural mintaqasiga qarashli Chuvash avtonom respublikasida yashaydi. Bu hududdan tashqari Tatariston va Boshqirdiston muxtor respublikalarida ham istiqomat qilayotgan chuvash turklarining dunyodagi umumiy aholisi taxminan 2 million kishini tashkil qiladi. Chuvashiston poytaxtining nomi bazilariga ko‘ra «suv boshidagi shahar», bazilariga ko‘ra esa «Shubash shahri» degan ma’noni anglatuvchi chuvashcha talaffuz bilan «Chupashkar», ruscha talaffuz bilan esa «Cheboksari» shahridir.

Chuvash xalqining qadimgi davrlari haqida yetarli ma’lumot yo‘q ammo ba’zi afsona va ilmiy ko‘z qarashlar mavjud. Shunga ko‘ra chuvash turklari orasida aytilgan ayrim rivoyatlarga ko‘ra chuvash turklari bugun yashagan tuproqlariga qadimgi zamonlarda, Qora dengizning shimoliy qirg‘og‘idan ko‘chib kelganlar. Shu sababli chuvash turklari qo‘shnilari orasida «tog‘ xalqi» degan ma’noni anglatuvchi «quruq - mari» laqabi bilan tanilgan. Ilmiy ko‘z qarashlarga ko‘ra esa, chuvash turklari bugungi vatanlariga hunlar bilan birga sharqdan ko‘chib kelganliklari ilgari surilmoqda. Darhaqiqat, chuvash turklari milodiy 4 – asrda Oʻrta Osiyodan Idilning g‘arbiga ko‘chgan bolgarlarning ya’ni qadimgi gʻarbiy hun turklarining avlodlari ekanligi filologik va tarixiy tadqiqotlar natijasida maʼlum boʻldi.

Chuvash turklari Idil bo‘yida Bolgariya davlati tasarrufida yashagan. Bu davlatning 13 – asrning ilk yarmida moʻgʻullar tomonidan parchalanishi oqibatida Oltin - Oʻrda davlatining hokimiyatiga kirgan chuvash turklari, 15 – asr boshlarida Oltin - O‘rda davlatining tarqalishi natijasida tashkil topgan Qozon xonligi (1437) chegaralarida qoldi. Nomi tilga olingan xonlik dahshatli Ivan degan nom bilan ham tanilgan IV Ivan tomonidan 1552 – yili bosib olinar ekan, chuvash turklari tarixida rus hukmronligi davri boshlandi. Bu davr Chor Rossiyasining qulashi bilan Sovet ittifoqi, bugun esa Rossiya Federatsiyasi tarkibida davom etmoqda.

Bugungi kunda 200 million nafardan ortiq inson tomonidan so‘zlashilgan zamonaviy turkiy tili yoki turkiy tillari turkolog va tilshunoslar tomonidan geografik va lingvistik tamoyillarga ko‘ra qorluk, o‘g‘uz, qipchoq guruhi; Sibir, Ogʻur va Argu qoʻli sifatida tasniflanadi. Chuvash turkchasi, shular orasida oʻgʻur qo‘lining bugungi kundagi yagona izdoshidir. Hozirda, Chuvash avtonom respublikasida rus tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi.

Chuvash turkchasi turkiy tillari orasida oʻzining tovush xususiyatlari, grammatik tuzilishi va soʻz boyligi jihatidan alohida oʻringa ega. Darhaqiqat, chuvash turkchasi bilan boshqa turkiy tillari o‘rtasidagi tushunarlilik darajasi juda past. Shu bois turkologlar chuvash turkchasining boshqa turkiy tillari bilan bir ildizdan kelib chiqishini tushunish uchun uzoq muddatli, keng qamrovli va chuqur izlanishlar olib bordilar. Natijada chuvash turkchasi haqida turli fikrlar bildirildi. Shunga ko‘ra, ba’zi turkologlar chuvash tilining turklashgan fin - ugor tili bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratishsa; ba’zilari bu til turkiy va mo‘g‘ul tillari o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydigan uchinchi til ekanini ta’kidlaydilar. Aksariyat turkologlar esa chuvash turkchasi bilan boshqa turkiy tillar orasida tovush, grammatika va lug‘at jihatidan ko‘plab farqlar bo‘lishiga qaramay, uning turkiy tillardan biri degan ilmiy tezislarni qo‘llab – quvvatlaydilar.

***

Ushbu dastur filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda xuddi shu sohadagi falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar