Turkiy tilining sehrli dunyosi - 23

Qorachay turklari va malqar turklari degan alohida - alohida ikki boshqa etnik nom bilan tanitishga urinilgan qorachay – malqar turklari aslida bitta til, bitta madaniyat va birtta tarixga ega bo‘lgan bir turk qabilasidir.

2222299
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 23

«Turkiy tilining sehrli dunyosi» deb nomlangan dasturimizning oldingi sonida, bugungi kunda so‘zlashilgan turkiy tillari orasida, tushunarliligi jihatidan Turkiya turkchasiga eng uzoq ekani qabul qilingan ammo bir chet tilidek uzoq emasligi isbotlangan tilni so‘zlashuvchi chuvash turklari, chuvash turklari yashaydigan joy va chuvash turkchasi haqida so‘z qilgandik. Bugun esa Kavkaz tog‘larining eng baland cho‘qqisi Elbrus (Mingi tov) va uning atrofidagi baland tog‘larda yashovchi va 20 – asrdan keyin ikki boshqa mintaqa nomi bilan tanilgan qorachoy - malqar turklari, qorachoy - malqar turklari yashaydigan joy va qorachoy - malqar turklariga e'tibor qaratamiz.

***

Qorachay turklari va malqar turklari degan alohida - alohida ikki boshqa etnik nom bilan tanitishga urinilgan qorachay – malqar turklari aslida bitta til, bitta madaniyat va birtta tarixga ega bo‘lgan bir turk qabilasidir.

Qorachay - malqar turklari tarix davomida Kavkaz tuprog‘ida hukmronlik qilgan kimmeriylar, skiflar, xunlar, bolgarlar, alanlar, xazarlar va qipchoqlar kabi hind - yevropa, prototurk va qadimgi turkiy qabilalarining integratsiyasi natijasida vujudga kelganlar.

Oʻzlarini «tavlu» yaʼni «togʻli» deb atagan qorachay - malqar turklari shunga qoʻshimcha ravishda yana oʻzlarini, oʻzlari yashayotgan vodiylarning nomlariga koʻra qorachayliklar, basxanliklar, chegemlar, xolamliklar, bazingiliklar va malqarlar deb ham tanishtiradilar. Sobiq sovet ittifoqi, Yevropa va Turkiya turkologiyasi adabiyotida «balqar»; oʻzlari orasida esa «malqar» deb talaffuz qilingan etnik ism esa Qorachay vodiysidan tashqaridagi Basxan, Chegem, Xolam, Bizingi va Malqar vodiylarida yashovchi turklarni yagona etnik nom ostida toʻplamoqchi boʻlgan Sovet ittifoqi ma’muriyati tomonidan berildi. Besh boshqa vodiyda yashagan ammo etnik kelib chiqishi, tarixi va tili jihatidan bir boʻlgan bu turklar uhcun Chor Rossiyasi davrida «Besh tog‘ zumrasi/ jamoasi» degan ma’noda «Pyat gorskih obshchestv» degan nom ishlatilgan. Sovet ittifoqi davrida Elbrus (Mingi Tav) togʻining gʻarbiy etaklarida joylashgan va Qorachay vodiysida yashagan turk qabilalari Qorachay - Cherkes muxtor respublikasi chegaralarida; xuddi shu togʻning sharqiy etaklarida joylashgan va Basxan, Chegem, Xolam, Bizingi va Malqar vodiylarida yashovchi turk qabilalari esa Kabardin - Balkar muxtor respublikasi chegaralari ichida qoʻldi va koʻproq yuqorida qayd etilgan sanadan e’tiboran mintaqa turklari ilmiy adabiyotlarda qorachay - balkar yoki qorachay - malqar turklari deb atala boshlandi.

Tarix sahifalarida Kavkazning eng madaniyatli, eng chiroyli va mo‘g‘ul irqlari bilan aralashmagan jamiyati sifatida tanilgan qorachay - malqar turklari Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Karachay - Cherkes va Kabardin - Balkar respublikalarida hayotlarini davom ettirmoqdalar. Ikkinchi jahon urushi davridagi surgun tufayli qorachay - malqar turklari asosan Rossiya Federatsiyasidan tashqari Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Turkiyada yashamoqdalar. Qorachay - malqar turklarining umumiy aholisi bugungi kunda 350 ming atrofida ekani taxmin qilinmoqda.

Geografik joylashuvi tufayli ikki boshqa xalqdek tuyilgan qorachay - malqar turklari, aslida, yuqorida ham aytib oʻtganimizdek etnik kelib chiqishi, tili, madaniyati va tarixi jihatidan bir-biridan hech qanday farq qilmaydi. Bugungi kunda ikki xil siyosiy chegarada yashayotgan bu turk xalqi, tarix davomida bir - biri bilan yaqin munosabatda bo‘lib, umumiy madaniy va til merosiga ega bo‘lganlar; ammo tarixiy va siyosiy oʻzgarishlar natijasida qorachaylar va malqarlar degan ikki boshqa nom bilan atalib qolganlar. Bu farq odatda siyosiy chegaralar, ma’muriy birliklar va geografik farqlarga bogʻliqdir.

Qorachay – malqar turkchasi, zamonaviy turk tili sohasining geografik va lingvistik tamoyillariga ko‘ra shimoli - g‘arbiy yoki qipchoq guruhiga kiradi va Kavkaz yerida so‘zlashilgan bir tilning ikki varianti hisoblanadi. Nomi tilga olingan mintaqada so‘zlashilgan til o‘rtasidagi farqlar esa, asosan mintaqaviy va fonetik darajada desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq ular siyosiy jihatdan ikki xil geografik chegaralar ichida qolganligi tufayli Sovet ittifoqi davrida ikki boshqa til sifatida baholandi va keyinchalik, ikkalasiga ham o‘z hududlarida rasmiy til maqomi berildi.

Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, qorachay turkchasi Qorachay - Cherkes Respublikasida rus tili bilan birga; malqar turkchasi esa Kabardin - Balkar Respublikasida rus va kabardin tillari bilan bir qatorda rasmiy til maqomiga ega. Shunga qaramay qorachay - malqar turkchasining funksionalligi, u soʻzlashilgan hududda rus tilining taʼsirida qolgan bo‘lib, asosan boshlangʻich maktablarda ta’lim – tarbiya tili sifatida qoʻllaniladi. Shunga qo‘shimcha ravishda mahalliy gazetalar, radio va televidenie dasturlarida ham undan foydalanish keng tarqalgan. Kundalik muloqotda keng qo‘llanilgan qorachay - malqar turkchasi, mintaqadagi etnik kimlikning muhim qismiga aylandi.

***

Ushbu dastur filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda xuddi shu sohadagi falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar