Kun tahlili - 51
Muxoliflar tomonidan joriy yilning 27 - noyabri kuni Xalabga qarshi boshlatilgan harbiy amaliyot ko‘p o‘tmay Asad rejimi nazoratidagi shaharlarning qo‘lga kiritilishi va o‘n yillab davom etgan shafqatsiz diktaturaning yiqilishi bilan natija topdi.

Anchadan beri Suriyadaman. Inqilob jarayoni Xalab, Xama, Xumus va nihoyat Damashqda qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani hamda Asad rejimi qanday qulaganiga shaxsan guvoh bo‘ldim. O‘n uch (13) yildek uzoq davom etgan inqilob va ichki urush jarayoni ortidan Asad rejimi quladi va muxoliflar Damashq doxil butun mamlakatni Eron va Rossiya asoratidan qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ko‘p narsa mana endi boshlanmoqda. Urushdan vayron bo‘lgan Suriyaning qayta tiklanishi va keng ko‘lamli hukumatni barpo etish juda muhimdir. Shu qatorda Firotning sharqi haligacha AQSh himoyasidagi PKK/YPG terror tashkiloti nazoratida. Turkiya va u qoʻllab - quvvatlagan Suriya milliy armiyasi esa yirik harbiy amaliyot uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.
Turkiyaning Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar jamgʻarmasi SETAning Tashqi siyosat boʻyichatadqiqotchisi Jan Ajunning mavzu haqida mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Damashq muxoliflar nazoratiga o‘tar - o‘tmas Suriyaga yetib bordim va voqealarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘z o‘rnidan kuzatishga urindim. Inqilob jarayoni Xalab, Xama, Xumus va nihoyat Damashqda qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani hamda Asad rejimi qanday qulaganiga shaxsan guvoh bo‘ldim. O‘n uch (13) yildek uzoq davom etgan inqilob va ichki urush jarayoni ortidan Asad rejimi quladi va muxoliflar Damashq doxil butun mamlakatni Eron va Rossiya asoratidan qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ko‘p narsa mana endi boshlanmoqda. Urushdan vayron bo‘lgan Suriyaning qayta tiklanishi va keng ko‘lamli hukumatni barpo etish juda muhimdir. Shu qatorda Firotning sharqi haligacha AQSh himoyasidagi PKK/YPG terror tashkiloti nazoratida. Turkiya va u qoʻllab - quvvatlagan Suriya milliy armiyasi esa yirik harbiy amaliyot uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.
Muxoliflar tomonidan joriy yilning 27 - noyabri kuni Xalabga qarshi boshlatilgan harbiy amaliyot ko‘p o‘tmay Asad rejimi nazoratidagi shaharlarning qo‘lga kiritilishi va o‘n yillab davom etgan shafqatsiz diktaturaning yiqilishi bilan natija topdi. Bu harbiy muvaffaqiyatni muxoliflarning o‘zlari ham kutmayotgan edi. Bu yerda shubhasiz, Rossiyaning Ukraina urushida; Eron va Hizbullohning Isroilga qarshi uyushtirgan kurashida sarflangan kuchning tugagani va Asadga yordam berish imkoni qolmagani katta sabab bo‘ldi. Chunki Asad rejimi iloji boricha Rossiya va Eron tomonidan qoʻllab – quvvatlanayotgan edi. Bu ikki qoltiq tayog‘i, uzatgan qo‘llarini qaytarib olgach, rejim ham tiz cho‘kishga majbur bo‘ldi. Muxolifat bugungi kunda poytaxt Damashqda muvaqqat hukumat tuzib, keng ko‘lamli hokimiyat o‘rnatishga intilmoqda. Birinchi taassurot shuki, muxoliflar bundan buyon tashkilot bo‘lish chegarasidan chiqdi; davlat ongi bilan ish tutib, kelajakni qurish uchun jamiyatning barcha qatlamlari bilan aloqa oʻrnatdi. Bu yerda, albatta, Muhammad Javloniy boshchiligidagi Xayat Taxrir ash – Sham alohida o‘ringa ega. Javloniy o‘tmishda to‘plagan tajribalari bilan yangi Suriyani tashkil etishga urinmoqda. Albatta, bu oson bo‘lmaydi ammo Turkiyaning ko‘magi bilan bularni yengib o‘tishlariga ishonchim komil. Turkiya, inqilobiy jarayonning boshidan beri muxolifatni yolg‘iz qo‘ymadi va ularni qo‘llab - quvvatlagan yagona davlatdir. Hatto, maydondagi g‘alabaning to‘g‘ridan - to‘g‘ri sherigi deyish ham mumkin. Shunday ekan, Turkiya yangi Suriyani tashkil etishda ham birinchilardan bo‘lib ishtirok eta oladi.
Xo‘sh, Firotning sharqi nima bo‘ladi?
Firot sharqida esa PKK/YPG terror tashkiloti haligacha AQSh himoyasida mavjud o‘rnini saqlab qolishga urinmoqda. Asad rejimining qulashi, Eron va Rossiyaning ham sohada Turkiya tomonidan qo‘llab - quvvatlangan muxoliflar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilishi mintaqadagi PKK terror tashkiloti loyihasiga ham og‘ir zarba berdi.
Joriy yilning 27 - noyabri kuni muxolif kuchlar Xalab hamlasini boshlatganida, PKK terror tashkiloti yana rejim bilan hamkorlikda Tabka - Maskana va Manbij orqali Dayr Xafr, Kvayris va Nayrapdan Tel - Rifatgacha cho‘zilgan terror yo‘lagi qurishga harakat qildi ammo Suriya milliy armiyasi boshlatgan «Ozodlik tongi» amaliyoti orqali qisqa muddatda nomi tilga olingan mintaqalarda mazkur ishlar toʻxtatildi. Tel - Rifat va Shahba hududi 8 yildan beri PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan hudud edi lekin Rossiya, Eron va Asad rejimi himoya qila olmagach qariyb 24 soat ichida nomi tilga olingan hududlar ham qaytarib olindi. Ortidan Manbij amaliyoti o‘z ishini boshladi. Eng muhimi Manbij ham tashkilot nomidan strategik ahamiyatga egadir. Shu bois ham uning himoya qilinishi hayotiy ahamiyat kasb etardi. Biroq, bu mintaqaning taqdiri ham Tel - Rifatdan farq qilmadi va 48 soat ichida qutqarildi.
Asad hokimiyati qulab, poytaxt Damashqning qo‘lga kiritilish jarayonida PKK terror tashkiloti unsurlari Dayr az - Zor va Raqqada ayrim hududlarni qo‘lga kiritdi. Biroq mahalliy xalqning qoʻzgʻoloni va muxoliflarning mintaqaga yetib borishi bilan bu yerlarda ortga tisarildi. Hozirda, ko‘plab arab mintaqalarida namoyish uyushtirilmoqda, PKK terror tashkiloti esa qurol orqali xalq isyonlarini bostirish payida.
Aslida, 27 - noyabrdan bir necha kun o‘tib Asadning qulashi aniqlangani bois AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni general Michael E. Kurilla, Qamishli va Hasekida PKK terror tashkiloti unsurlari, jumladan Mazlum Abdi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda, tashkilotning yutuqlarini saqlab qolish uchun ba’zi masalalarda murosa qilishlari kerakligi haqida tafsiyalar berilgan. Shu doirada tashkilot Suriya inqilobi bayrogʻini ishlata boshlashi, bojxona toʻlovlarini bekor qilishlari va baʼzi arab mintaqalaridan chiqib ketishni qabul qilishlari aytildi. Ammo bu takliflar Turkiya uchun yetarli emas. PKK terror tashkilotining barcha unsurlari Suriyani tark etishi, YPG terror tashkilotining qurolsizlanishi, iddio etilgan avtonom hududni tarqatish, arab hududlarining toʻliq ozod etilishi va kurd hududlarining esa mahalliy unsurlar tomonidan boshqarilishi kabi yoʻl xaritasidan boshqa hech qanday taklif qabul qilinmaydi.
Shunga qaramay anchadan beri olib borilgan tayyorgarlik doirasida yirik harbiy amaliyotlar boshlatiladi. Nima boʻlishidan qat’iy nazar PKK terror tashkilotining Suriyadagi oʻrni butunlay yoʻq boʻlish arafasida. PKK terror tashkiloti loyihasi esa mintaqada yakunlandi. Shu oʻrinda, «vafot etganlarni kimlar koʻmadi?» degan savol tugʻiladi. Albatta, agar bu vazifani AQSh boʻyniga olmagudek boʻlsa unda Turkiya bunga tayyor.