Energiya kun tartibi-51
Turkiya nafaqat elektr energiyasi, balki uglevodorodga asoslangan energiya resurslarini saqlash nuqtai nazaridan juda porloq kelajakka ega.

Ba'zi davlatlar foto yoqilg’ilardan, ba'zilari qayta tiklanadigan energiyadan, ba'zilari esa, yadro energiyasidan foydalanadilar. Biroq, uzluksiz ishlaydigan barcha elektr stantsiyalari faqat bitta maqsadni ko'zlaydi. Maqsad uyimizga energiyani elektr yoki tabiiy gaz sifatida uzatish imkoniyatiga ega bo'lish.
Bu ishlab chiqarish jarayonida e’tiborni tortadigan eng muhim masala – resurslardan samarali foydalanish... Bahor fasllarida daryolarda suv oqimining ko‘payishi bilan GESlarda ishlab chiqarish hajmi ortadi. Tabiiy gazni saqlash omborlari mahsulot arzon bo'lganda uni sotib olish va saqlash jihatidan katta moliyaviy yukni oldini oladi.
Energiyani saqlash texnologiyalari talab va taklif muvozanati nuqtai nazaridan qo'llaniladigan eng muhim tizimdir... Bu tizim orqali energiya ishlab chiqarish yuqori cho'qqisiga chiqqanda zaxirada saqlanishi va iste'mol darajasi oshganda ishlatilishi mumkin. Bu mamlakatlarning energiya xavfsizligiga katta hissa qo‘shadi.
Elektr energiyasi nuqtai nazaridan qaralsa, saqlash texnologiyalari 7 ta asosiy toifada keltirilgan. Birinchi o'rin batareyalardir. Litiy-ion, qo'rg'oshin kislotasi va nikel-kadmiy kabi elektr energiyasini saqlaydigan ushbu tizimlarning har xil turlari mavjud.
Issiqlik energiyasini saqlash orqali issiqlik energiyasi quyosh energiyasi bilan isitiladigan suv yoki fazani o'zgartirish materiallari yordamida amalga oshiriladi. Eng ko'p ishlatiladigan tizim mexanik saqlash tizimlaridir. Kinetik yoki potentsial energiya gidravlika inshootlarida saqlanadi.
Yana bir saqlash texnikasi “Compressor Air Energy” texnologiyasi bilan havo zichlashtiriladi va kerak bo'lganda qo’yib yuborilgan holda elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Xuddi shu taktikani turli dinamikada qo'llaydigan yana bir usul "Suyuq havo energiyasini saqlash" usulidir. Unda havo suyultiriladi va kerak bo'lganda energiyani tiklash uchun bug'lanadi.
Yana bir tizim to‘g‘onlarni ulkan akkumulyatorlarga aylantiradi. Pompalangan rezervuar tizimi bilan elektr energiyasi ishlab chiqarishda ishlatiladigan suv nasoslar orqali to'g'onga qaytariladi va qayta-qayta energiya ishlab chiqaradigan aylanish jarayoni hosil bo’ladi.
Shunga qaramay, superkondensatorlar elektr energiyasini tezkor saqlash dinamikasi bilan ishlaydigan tizimlar sifatida ajralib turadi.
Saqlash tizimlari, shubhasiz, faqatgina elektr energiyasi bilan cheklanmaydi. Ayniqsa, neft va tabiiy gazni saqlash davlatlar uchun strategik ahamiyatga ega. Biroq, bu saqlashda ko'proq an'anaviy usullar qo'llaniladi.
Ayni paytda Turkiya yilda 4,6 milliard kub metr tabiiy gaz saqlash quvvatiga ega. 2028 yilga kelib bu quvvatni 12 milliard kub metrgacha oshirish kutilmoqda. Natijada, yillik ehtiyojning 20 foizini saqlash maqsad qilingan. 2053 yilga kelib, Turkiya o'z ehtiyojlarining 50 foizini o'z qo'liga olishni rejalashtirmoqda.
Energiya Saqlash Sanoatlari Uyushmasi (EDEDER) rahbari Jan Tokjanning fikricha, Turkiya nafaqat elektr energiyasi, balki uglevodorodga asoslangan energiya resurslarini saqlash nuqtai nazaridan ham juda porloq kelajakka ega.
Dunyoda akkumulyator ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan lityum karbonatning 80 foizi Xitoydan ta'minlanganiga diqqat qaratgan Tokjan, Turkiyaning hujayra ishlab chiqarish, hujayralardan modul ishlab chiqarish, saqlash tizimi, batareyani qayta ishlash kabi sohalarda qobiliyatga ega ekanligini va bularning osonlik bilan amalga oshirilishi mumkinligini bildirdi.
Bundan tashqari, Turkiyada sektorning mavjud imkoniyatlarini yanada rivojlantirish uchun xususiy sektorning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi barcha ish yo'nalishlarida, ayniqsa mudofaa sanoatida ko'paytiruvchi ta'sir yaratishiga e'tibor qaratdi. Natijada, Turkiyaning xususiy sektori xorijda yanada kengayib, ishonchli sherikka aylanadi.
“Xitoyga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli Turkiya endilikda Yevropa uchun yorqin yulduzdir. Ayniqsa, hozirda energetika sohasida hamma Turkiyaga murojaat qilishga harakat qilmoqda. Bunday muhitda biz bundan oqilona foydalanishimiz mumkin”,-deydi u.
Yaqin kunlarda aynan shu mavzuda muhim tadbir bo'lib o'tadi. Soha yetakchilari 25 dekabr kuni Anqarada xalq bilan uchrashib, "Kelajak energiyasi va saqlash kongressi"ni o’tkazadi.
Kongress "Mintaqaning batareya bazasi: Turkiya" shiori bilan o'tkaziladi.