Yevrosiyo kun tartibi - 48 (2024)
Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Respublikalari kun tartibidagi muhim voqealar haqida soʻz qilamiz.
O‘tgan hafta Qozog‘istonning Yevropa bilan bo‘lgan aloqalarini mustahkamlash borasida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Shu doirada Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev birinchi marta Serbiyaga, Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleu esa Xorvatiyaga rasmiy tashrif uyushtirdi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev 2024 - yilning 19 – 21 noyabri kunlari rasmiy tashrif bilan Serbiya va Vengriyada bo‘lib qaytdi. Serbiyaga ilk tashrifini amalga oshirgan Prezident To‘qayev poytaxt Belgradda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Bosh vazir Milosh Vuchevich bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazdi. Hay’atlar oʻrtasidagi muzokaralar natijasida Qozogʻiston bilan Serbiya oʻrtasida 10 ta shartnoma imzolandi. Prezident To‘qayev, tashrifi doirasida Bataynitsa aeroportiga borib, Serbiya mudofaa sanoati mahsulotlarini o‘z o‘rnida ko‘zdan kechirdi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev 2024 - yilning 20 - noyabri kuni Serbiyadan Vengriyaga yo‘l oldi. Bu tashrif Prezident To‘qayevning Vengriyaga bo‘lgan birinchi davlat tashrifi hisoblanadi. Prezident To‘qayev poytaxt Budapeshtda Vengriya Prezidenti Tamas Sulyok, Bosh vazir Viktor Orban va parlament spikeri Laslo Kever bilan alohida - alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida Qozog‘iston bilan Vengriya o‘rtasida 6 ta shartnoma imzolandi. Prezident To‘qayev, Vengriyaga bo‘lgan tashrifi doirasida Vengriya - Qozog‘iston sarmoyaviy yig‘ilishida ishtirok etdi. Ushbu yig‘ilish yakunida ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida 7 ta shartnoma imzolandi. Qasim - Jo‘mart To‘qayevning ushbu tashrifi, Qozog‘iston Prezidentining Vengriyaga 17 yildan keyingi ilk rasmiy tashrifi sifatida tarix sahifalaridan o‘rin oldi.
Joriy 2024 - yilning 21 - noyabri kuni Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleu, rasmiy tashrif bilan Xorvatiyaga bordi. Tashqi Ishlar vaziri Nurtleu poytaxt Zagrebda, Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Gordan Grlich Radman bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunida Tashqi Ishlar vazirliklari bilan Diplomatik akademiyalar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Bu tashrif Qozog‘iston Tashqi Ishlar vazirining Xorvatiyaga bo‘lgan birinchi rasmiy tashrifi bo‘ldi.
***
Turkiy Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi faoliyatlar jadal ravishda davom etmoqda. O‘tgan hafta Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
2024 - yilning 18 - noyabri kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan «Anev - 2024 Turk dunyosi madaniyat poytaxti» tadbirlarining rasmiy yopilish marosimi o‘tkazildi. Yil davomida Anev shahrida Turk dunyosining muzey kuratorlari, rassomlari, yozuvchilari, teatr va kino vakillari uchrashuv o‘tkazdi. Kelasi 2025 - yili Qozog‘istonning Aqtau shahri, Turk dunyosining madaniy poytaxti tadbirlariga mezbonlik qiladi.
2024 - yilning 18 - noyabri kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti tarkibidagi davlatlarning diaspora masalalari bo‘yicha mas’ul vazirlari bilan muassasalari rahbarlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlatlar nomidan vakillari ishtirok etdi. Unda shuningdek, Turkiy Respublikalarining dunyoda 20 million kishilik diasporaga ega ekani ta’kidlandi.
2024 - yilning 20 - noyabri kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Markaziy Osiyo universitetlari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston rektorlari ishtirok etdi. Forum doirasida ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.