Turkiy tilining sehrli dunyosi - 21

Dasturimizning bugungi sonida etnik kelib chiqishi jihatidan mojorlar bilan qarindosh ekanliklari ilgari surilgan boshqird turklari, boshqird turklari yashagan joy va boshqird turkchasi haqida so‘z qilamiz.

2213660
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 21

Boshqird nomining qayerdan kelgani hali hanuz toʻliq aniqlanmagan boʻlsa - da, bu borada turli rivoyatlar va ilmiy fikrlar mavjud. Xalq orasida keng tarqalgan rivoyatlarga ko‘ra boshqird nomi tarixda Kaspiy dengizining janubida yashagan «Kiirt - bosh» qabilasiga borib taqaladi. Shunga ko‘ra «Kiirt – bosh» qabilasi nomi vaqt o‘tishi bilan «Qurt – bosh» bo‘lgani, so‘ngra esa so‘zlarning o‘rin almashtirishi bilan «Bosh – qurt» nomi paydo bo‘lgani va bugungi kundagi boshqird turklarining yuqorida nomi tilga olingan «Kiirt - bosh» qabilasining vorislari ekani iddio etiladi. Ilmiy fikrlarga ko‘ra esa «boshqird» nomi 9 - asrdan boshlab arab va fors tarixchilari bilan rus va yevropalik tadqiqotchilar tomonidan muhokama qilinar ekan, taniqli turkolog Mahmud Qashqariy «Devonu lagatit turk» nomli asarida boshqirdlarning bir turk qabilasi ekani haqida gapiradi. Eng muhimi Mahmud Qashqariyning bu tezisi, tarix davomida ko‘plab olimlar tomonidan qo‘llab - quvvatlangan.

Boshqird turklari haqidagi tadqiqotlar orasida e’tiborlarni oʻziga tortgan boshqa bir xusus esa, boshqirdlarning mojorlar bilan qarindosh ekanligi yoki ularning bir qismini tashkil etishi haqidagi koʻz qarashlardir. Shunga koʻra tarixda Urol - Oltoy mintaqasi va uning atrofida birga yashagan turk va fin - ugor qabilalarining bir qismi, koʻchmanchi xalqlar bosimi natijasida bugungi mojorlar yurtiga koʻchib oʻtar ekan; ularning ikkinchi qismi yashab turgan joylarida qolib, bugungi kundagi boshqird turklarining shakllanishini taʼminladi.

Tarixning eng qadimgi manbalarida tez – tez uchragan va turk qabilalaridan biri boʻlgan boshqird turklari bugungi kunda asosan Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiruvchi va poytaxti Ufa shahri boʻlgan Boshqirdiston Respublikasida istiqomat qiladi. Mamlakat aholisi soni 2024 -  yilning 1 – yanvaridagi statistik ma’lumotlariga koʻra 4 million 64 ming 361 nafar va boshqird turklari aholining 31,5% ni tashkil qiladi.

Boshqird turklari so‘zlashadigan til, turkiy tillarining geografik va lingvistik tamoyillarga ko‘ra tasniflashda shimoli - g‘arbiy yoki qipchoq guruhiga kiritilar ekan bugungi kunda ham og‘zaki ham da yozma ravishda foydalanilmoqda.

Boshqird turkchasi asosan Boshqirdiston Respublikasida so‘zlashiladi. Nomi tilga olingan hududdan tashqari, u Tatariston va Udmurtiya respublikalarida ham foydalaniladi lekin u faqatgina Boshqirdiston Respublikasida rus tili bilan bir qatorda rasmiy til maqomiga egadir. Shuning uchun u Boshqirdiston Respublikasi chegaralarida ta’lim - tarbiya, ommaviy axborot vositalari va davlat ishlarida foydalanishi mumkin. Biroq rus tili rasmiy til boʻlgan boshqa davlatlarda boʻlgani kabi Boshqirdiston Respublikasida ham rus tilining hukmron mavqei tufayli boshqird turkchasidan foydalanish doirasi cheklangan va u koʻpincha ikkinchi til sifatida qolmoqda.

Boshqird turklari 19 - asr oʻrtalarigacha chagʻatoy turkchasi degan nom bilan ham tanilgan yozma tildan foydalanganlar. Xuddi shu asrning oxirida ular o‘z dialektlarida ya’ni boshqird turkchasida yoza boshlaganlar. Shu tariqa bugungi boshqird yozma tilining poydevori qo‘yildi. Islom dinini qabul qilgan 10 - asrdan 1929 - yilgacha arab alifbosidan foydalangan boshqird turklari 1929 - yildan boshlab 1939 – yilga qadar 10 yil davomida Sovet Rossiyasi hukmronligi ostida yashagan turklar orasida ishlab chiqilgan va lotin alifbosiga asoslangan umumiy turkiy alifbosidan foydalanganlar. Sovet ittifoqi chegaralarida yashovchi barcha turkiy xalqining kirill harflari asosidagi alifboga oʻtish jarayoni natijasida boshqird turklari ham 1939 - yili bugun ham qoʻllanilgan yangi alifboni qabul qildilar.

***

Ushbu dastur filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda xuddi shu sohadagi falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 

Kelgusi dasturimizda turkiy tillari so‘zlashilgan boshqa hududlarda uchrashguncha xayr, salomat bo‘ling.



Aloqador xabarlar