Turkiy tilining sehrli dunyosi - 20

Bugun turkiy xalqlarining kelib chiqishi haqidagi afsona va dostonlarda muqaddas maskan sifatida yodga olingan ota yurtimizning qadimiy qo‘riqchilari bo‘lmish oltoy turklari, oltoy turklari yashagan joy va oltoy turkchasi haqida so‘z qilamiz.

2209996
Turkiy tilining sehrli dunyosi - 20

«Oltoy» tushunchasi turk tarixi va madaniyatida ham geografik ham da madaniy jihatdan alohida o‘ringa ega. «Oltoy hududi» geografik nuqtai nazardan olib qaraganda turkiy xalqlarining kelib chiqishi haqidagi afsona va dostonlarda muqaddas joy sifatida tilga olinar ekan, tilshunoslik sohasida turk, mo‘g‘ul, tungus – manchjur, korey va yapon tillarining tarixiy va madaniy kesishuv nuqtasi hisoblanadi. Shu sababli, yuqorida nomi tilga olingan va umumiy kelib chiqish masalasiga e’tibor qaratgan oltoy nazariyasiga ham ilhom baxsh etgan. Mazkur tushunchani madaniy nuqtai nazardan olib qaraganda turk dostonlari, musiqa va xalq adabiyotida tez – tez sevib tilga olinganiga guvoh bo‘lamiz.  

Bugungi kunda «Oltoy» nomini etnik nom sifatida qabul qilgan turkiy xalqlardan biri bo‘lgan oltoy turklari, Oltoy toglari vodiylarida yashagan va turkologiya manbalarida oltoy - kijilar, telengitlar, teleutlar, chalqandular, tubalar va kumandilar deb nomlangan qabilalardan iborat. Poytaxti Togʻli - Oltoy shahri boʻlgan Sibirning eng janubiy qismida joylashgan Oltoy Respublikasining aholisi 2023 - yilning 1 - yanvardagi statistik maʼlumotlariga koʻra 210,800 nafar ammo oltoy turklari ularning atigi 37,01 foizini tashkil etadi. Oltoy turklari Oltoy Respublikasidan tashqari Oltoy olkasi (kray) bilan Kemerovo viloyatida (oblast) yashaydi.

Oltoy turklari yashagan hududning siyosiy tarixi, bu yerlarning qadimgi turkiylar vatani ekanidan dalolat bermoqda. Chunki miloddan avvalgi tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu tuproqlar saklar va hunlar hukmronligiga guvoh bo‘lgan. Miloddan keyin esa ko‘kturk, uyg‘ur va qirg‘iz turklarining davlatlari xuddi shu tuproqlarda o‘z hukmronligini davom ettirgan. Ching‘izxon va uning vorislarining hukmronlik davri 12 - asrda boshlangan. Bu hudud 15 - asrda Oyrot yoki rus tarixlaridan maʼlum boʻlgan nomi bilan Jung‘or davlati himoyasiga oʻtgan. 16 - asrning ikkinchi yarmidan soʻng Qozon va Sibir xonliklari rus podsholigi tomonidan bosib olinishi ortidan Sibirning ichki hududlariga kirib borgan ruslar 17 -  asrda oltoy turklari bilan tanishdi. Natijada 1625 - 1627 yillarda bugungi oltoy turklarini tashkil etuvchi turk qabilalari orasida chalqandular, tubalar va kumandilar; 1756 - yili esa oltoy - kijilar, telengitlar, teleutlar ruslar hukmronligi ostiga kirdi va shu tariqa bugungi oltoy turklari yashagan mintaqada rus hukmronligi davri boshlandi. Chor Rossiyasidan keyin Sovet ittifoqi tarkibida boʻlgan nomi tilga olingan mintaqa, endilikda Rossiya Federatsiyasi tarkibidadir.

Oltoy turklari tarix davomida turli din va eʼtiqodlar taʼsirida qolgan. Shular qatorida, eng uzoq vaqtgacha tashqi dinlardan buddizmni yoqtirganlar. Ular so‘zlashadigan til, turkiy tillarining geografik va lingvistik tamoyillarga ko‘ra tasniflashda Shimoli - sharqiy yoki Sibir guruhiga kiradi va u bugungi kunda ham og‘zaki, ham yozma shaklda qoʻllanilmoqda.

Oltoy turkchasi asosan Oltoy Respublikasi, Oltoy oʻlkasi va Kemerovo viloyatida soʻzlashilar ekan faqatgina Oltoy Respublikasida rus tili bilan birga rasmiy til maqomiga ega. Shu sababli, nomi tilga olingan mamlakat chegarasida ta’lim - tarbiya, ommaviy axborot vositalari va hukumat ishlarida qoʻllanilish huquqiga ega. Biroq, rus tili rasmiy til boʻlgan boshqa mamlakatlarda boʻlganidek Oltoy Respublikasida ham rus tilining ustun mavqei tufayli oltoy turkchasining foydalanish doirasi cheklangan va u koʻpincha ikkinchi til sifatida qolib ketgan.

Oltoy turklari oyrot yoki jungʻorlar hokimiyati ostida yashagan 17 – asrning boshlaridan 20 – asrning oʻrtalariga qadar olim va pedagog Zaya - Pandita Ogtorguyn Dalay tomonidan moʻgʻul alifbosi asosida ishlab chiqilgan todo ‐ bichik, todo uzuk, todrha uzuk va uzuk bichik kabi turli nomlar bilan atalgan alifbodan foydalanganlar. Hatto, 18 – asrda jungʻor xonligi yiqilgunga qadar boʻlgan davr mobaynida xuddi shu alifbodan bugungi oltoy turklari tarkibidagi oltoy – kiji, telengit va teleut qabilalari keng foydalangani, 1940 – yillarga qadar esa shu alifbodan foydalanishni bilganlarning borligi turli manbalarda ta’kidlangan. Oltoy turklari, 1922 - yildan beri kiril alifbosi asosida tuzilgan oltoy alifbosidan foydalanmoqdalar. Bu yozuv tili ham 1948 – yilga qadar «Oʻyroʻtcha» deb nomlangan.

***

Ushbu dastur Turkiya ovozi radiosi uchun filologiya fanlari bo‘yicha professor doktor Gulsum KILLI YILMAZ bilan maslahatlashgan holda xuddi shu sohadagi falsafa doktori (Ph.D) Saida BURKHANIDINOVA tomonidan tayyorlandi. 



Aloqador xabarlar