Yevrosiyo kun tartibi - 45 (2024)

Dasturimizning bugungi sonida, Turkiy Respublikalari o‘rtasidagi integratsiya jarayoni haqida soʻz qilamiz.

2207839
Yevrosiyo kun tartibi - 45 (2024)

2024 - yilning 6 - noyabri kuni Bishkek shahrida Turkiy Davlatlari Tashkiloti sammiti boʻlib oʻtdi. Shunday ekan sammit munosabati bilan Turkiy Respublikalari o‘rtasidagi integratsiya nuqtai nazaridan oxirgi oylarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga nazar tashlaylik.

O‘tgan sentabr va oktabr oylarida Turkiy Davlatlari Tashkiloti doirasida Ichki Ishlar vazirlari, Energetika vazirlari, Yoshlar va sport vazirlari, Turizm vazirlari, Adliya vazirlari, Milliy xavfsizlik kengashi raislari, Diniy kengashlar raislari, Kartografiya muassasalari raislari, Tashqi Ishlar vazirlari, Sog‘liqni Saqlash vazirlari, Iqtisodiy va savdo vazirlari, Sanoat, fan, texnologiya va innovatsiya vazirlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Turkiy Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish maqsadida yangi ittifoqlar tashkil etildi. Masalan 2024 – yilning 26 – sentabri kuni Turkiy Davlatlari shaxmat ittifoqi, 2024 - yilning 10 - sentabrida Turkiy Davlatlari Qizil yarim oy va Qizil xoch tarmogʻi tashkil etildi.

2024 - yilning 8 – 13 sentabri kunlari Ostona shahrida V Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uning ochilish marosimida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tatariston va Yoqutiston prezidentlari; Turkman xalqining milliy yetakchisi Turkmaniston Xalq Maslahati raisi; Xalqaro Turkiy tashkilotlari bosh kotiblari, Turkiy Respublikalarining sport tarmog‘idan mas’ul vazirlari ishtirok etdi.

2024 – yilning 9 – 11 sentabri kunlari Boku shahrida Turk Dunyosining mushtarak alifbo komissiyasining uchinchi yig‘ilihi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish yakunida 34 harfdan iborat umumiy turk alifbosi taklifi ustidan kelishib olingani bildirildi.

2024 – yilning 20 – sentabri kuni Bishkek shahrida TURKSOY tashabbuslari bilan «Qutadgu bilig va Turk dunyosi forumi» boʻlib oʻtdi. 2024 - yilning 28 - sentabri kuni Istanbulda Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi tomonidan «Turk dunyosida madaniy meros va muhofaza» deb nomlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 2024 - yilning 9 – 10 oktabr kunlari Bishkek shahrida Turkiy Davlatlari Tashkiloti Sun’iy intellekt forumi uyushtirildi.

2024 - yilning 11 - oktabri kuni Ashxobodda «Xalqaro Zamon va sivilizatsiya munosabatlari – zamonaviy dunyo va taraqqiyot poydevori» forumi uyushtirildi. Nomi tilga olingan forumda Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Prezidentlari, Tatariston raisi; Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi, Turkiy Davlatlari Tashkiloti va TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlarning bosh kotiblari ishtirok etdi.

2024 - yilning 22 – 24 oktabri kunlari Tatariston poytaxti Qozon shahrida BRICS sammiti bo‘lib o‘tdi. Tatariston raisi Rustam Minnixanov barcha mehmonlarni aeroportdan shaxsan o‘zi kutib olib, o‘zi kuzatib qo‘ydi. Turkiy Respublikalari Prezidentlari BRICS sammitida ishtirok etdilar. Rustam Minnixonov Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston prezidentlari bilan alohida – alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Minnixonov ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Prezidentlardan Ilhom Aliyev, Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

***

3 - oktabr kuni asos solinganiga 15 yil to‘lgan Turkiy Davlatlari Tashkiloti dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari orasida o‘z o‘rnini topdi. Turkiy Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Qubanichbek O‘muraliyevning ta’kidlashicha tashkilot doirasida 40 dan ortiq yo‘nalishda Turkiy Davlatlari o‘rtasida hamkorlik va integratsiya jarayoni faol davom etmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar